Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
uchun Alloh mag’firat va ulug’ mukofot (ya’ni, jannat) tayyorlab qo’ygandir»
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
uchun Alloh mag’firat va ulug’ mukofot (ya’ni, jannat) tayyorlab qo’ygandir»,
deydi. «Sahihi Muslim»da esa, Abu Hurayradan (r.a.) quyidagi hadis rivoyat qilingan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mufarridlar oldinga o’zib ketishdi», dedilar. Shunda sahobalar: «Mufarridlar deganingiz kimlar, ey Rasululloh?» deb so’rashdi. Rasululloh: «Allohni zikr qiluvchi erkaklar va ayollar», dedilar». Yuqoridagi oyat to’g’risida ixtilofli fikrlar bor. Imom Abul Hasan Vohidiy aytadilar: «Ibn Abbos (r.a.): «Bu oyatdagi zikr qiluvchilardan murod har bir namoz so’ngida va kechasiyu kunduzi, to’shakda, uyqudan uyg’onganda, har gal manzildan chiqqanda Allohni yod etuvchilardir», dedilar». Mujohid esa: «Yonboshlaganida, o’tirganida, tik turganida Allohni zikr qilmagan erkak yoki ayol haqiqiy zokir bo’la olmaydi», deganlar. Ato (r.a.) aytadilar: «Kim besh vaqt namozni haqlarini ado etib o’qisa, Allohning oyatidagi zikr qiluvchilar sirasiga kiradi». Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishi kechasi ahlini uyg’otib, birgalikda ikki rak’at namoz o’qishsa, ko’p zikr qiluvchi erkak va ayollardan deb yoziladi», dedilar. Bu hadis mashhurdir. Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari Shayx Abu Amr ibn Salohdan (r.a.): «Qanday qilib kishi zokir bandaga aylanishi mumkin?» deb so’rashganida, u zot: «Sobit bo’lgan ma’sur (ya’ni, Payg’ambarimizdan naql etilgan) zikrlarni tong otganida, kechqurun, kunduzi, yarim kechasi va har turli holatlarda doimiy o’qib yursa, ana shunda oyatda kelgan ko’p zikr qiluvchilar qatoriga qo’shiladi», deb javob berdilar. Fasl: Ulamolarimiz, tahoratsiz yoxud junub bo’lgan erkaklar, hayz va nifosdagi ayollar tasbih, tahlil, hamd, takbir, salovot va boshqa duolarni tili va qalbi bilan bajarishi joiz, deyishadi. Lekin junub bo’lgan erkak, hayz yoki nifosdagi ayol Qur’ondan bir parcha bo’lsa-da, tilovat qilishi haromdir. Ammo lafzsiz qalbda aytishi va nazar solishi joiz, deyishadi. Shuningdek, ular musibat yetganida, «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un», deb istirjo’ aytsa, ulovga minganlarida, «Subhanallaziy saxxoro lana haza va ma kunna lahu muqriniyn», desa, «Robbana atina fid dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar», deb duo qilsa, biror kishiga «Kitobni quvvat bilan ol» yoki «Omon va salomat holda kiringlar», deb buyursa, «Bismillah», «Valhamdu lillah», desa va bular bilan Qur’on o’qishni qasd qilmasa, gunohkor bo’lmasliklarini aytishgan. Va yana ular |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling