Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
83 «Ular falonchining sunnati, falonchining qiroati, deb so’ylashni karih ko’rardilar», deb aytganlar. Ammo, yuqorida aytganimizdek, bularning zarari yo’q. 282/13. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan birortangiz falon-falon oyatni unutdim, demasin. Balki unuttirildi, desin», dedilar. Boshqa rivoyatda: «Sizlardan birortangizning falon-falon oyatni unutdim, deyishi muncha ham yomon, balki unuttirildi, desin», deganlar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari 283/14. Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishi Qur’on o’qiyotganini eshitib: «Alloh uni rahm qilsin, men tushirib qoldirgan oyatni menga eslatdi», dedilar. Boshqa bir rivoyatda: «mendan unutilgan», deyilgan. Buxoriy va Muslim rivoyatlari Fasl: «Qori va qiroat odoblari» haqida ma’lumotni bir nechta mujallad kitoblar ham qamrab ololmaydi. Endi, kim Qur’on odoblari haqida ko’proq ma’lumot olishni xohlasa, «At-tibyan fiy adabi hamalatil Qur’an» kitobiga murojaat qilsin. 284/15. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kecha va kunduzda ellik oyat o’qigan odam g’ofillar qatorida yozilmaydi, yuz oyat o’qigan kishi kechani ihyo qilib, Allohning ibodatida uzoq turuvchi, deb yoziladi, ikki yuz oyat o’qigan kishi bilan Qur’on qiyomat kuni hujjat talashmaydi, besh yuz oyat o’qigan odamga esa, bir necha qintor ajr yoziladi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari Abu Hurayradan (r.a.) qilingan rivoyatda esa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim o’nta oyat o’qisa, g’ofillar qatorida yozilmaydi», deganlar. Bir kecha va kunduzda o’qilishi lozim bo’lgan suralar haqidagi ko’p hadislarni zikr qildik. Ular Yosin, Taborak-Mulk, Voqe’a, Duxon suralaridir. Bu suralarni har kuni o’qib yurish lozim. 285/16. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir kecha va kunduzda Allohning roziligini talab qilib, Yosin surasini o’qisa, uning gunohlari kechiriladi», dedilar. Boshqa bir rivoyatda: «Kim kechasi Duxon surasini o’qisa, gunohlari kechirilgan holda tong ottiradi», deyilgan. Ibn Mas’uddan (r.a.) qilingan rivoyatda esa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim har kecha Voqe’a surasini o’qisa, unga kambag’allik yetmaydi», deganlar. Jobirdan (r.a.) qilingan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Alif, lam, miym. Tanziylul kitab...» va Taborak suralarini o’qimasdan uxlamaganlari aytilgan. 286/17. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Kim kechasi «Iza zulzilatil arzu...» surasini o’qisa, Qur’onning yarmini o’qigandek bo’ladi. Kim «Qul Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 84 ya ayyuhal kafirun»ni o’qisa, Qur’onning to’rtdan birini o’qigandek bo’ladi. Kim «Qul huvallohu ahad»ni o’qisa, Qur’onning uchdan birini o’qigandek bo’ladi», dedilar. 287/18. Boshqa bir rivoyatda: «Kim Oyatul kursiy va «Ha, miym»ning avvalini o’qisa, shu kuni har qanday yomonlikdan saqlanibdi», deganlar. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling