Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Favqulodda holatlarda qilinadigan duo va zikrlar kitobi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 77-bob. Istixora duosi
Favqulodda holatlarda qilinadigan duo va zikrlar kitobi
Yuqoridagi zikr etgan duolarimiz har kecha va kunduz takror qilinadi. Ya’ni, hammasining muayyan vaqti bor. Ammo quyida keltiriladigan duo va zikrlarga ma’lum bir vaqt tayinlanmagan, ular favqulodda holatlar yuzaga kelganida aytilaveradi. 77-bob. Istixora duosi 303/1. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga hamma ishlarda istixorani (yaxshilik so’rash) xuddi Qur’ondan sura o’rgatgandek o’rgatar edilar. U zot: «Birortangiz bir ishni qasd qilsa, farzdan tashqari ikki rak’at namoz o’qisin. So’ng: «Allohumma inniy astaxiyruka bi’ilmika, va astaqdiruka biqudrotika va as`aluka min fazlikal ‘aziym. Fainnaka taqdiru va la aqdiru va ta’lamu va la a’lamu va anta ‘allamul g’uyub. Allohumma in kunta ta’lamu anna hazal amro xoyrun liy fiy diyniy va ma’ashiy va ‘aqibati amriy, ‘ajili amriy va ajilihi, faqdurhu liy va yassirhu liy, summa barik liy fiyhi va in kunta ta’lamu anna hazal amro sharrun liy fiy diyniy va ma’ashiy va ‘aqibati amriy, ‘ajili amriy va ajilihi fasrifhu ‘anniy vaqdurliyal xoyro haysu kana summa rozziniy bih», deb hojatini aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening ilming bilan Sendan yaxshilik so’rayman. Sening qudrating bilan Sendan qodirlik va ulug’ fazlingni so’rayman. Sen (har narsaga) qodirsan, men qodir emasman. Sen (har narsani) biluvchisan, men bilmayman. Sen g’aybni biluvchisan. Ey Rabbim, agar mana shu qilayotgan ishim (hojatining nomini aytadi) dinimda, yashashimda, ishlarimning oqibatida, dunyo va oxiratimda men uchun yaxshi bo’lsa, uni menga nasib et va oson qil. So’ng uni menga barakotli qil. Agar mana shu ishim (hojatining nomini aytadi) dinimda, yashashimda, ishlarimning oqibatida, dunyo va oxiratimda men uchun yomon bo’lsa, mendan uni uzoqlashtir, qaerda bo’lsa ham, men uchun yaxshilikni taqdir qil va meni undan rozi et.) Imom Buxoriy rivoyatlari Ulamolar: Namoz va mazkur duo bilan istixora qilish mustahab amaldir», deyishdi. U ikki rak’at bo’lib, farz namozidan oldingi yo keyingi sunnat namozlarida, tahiyyatul masjid va bundan boshqa nafl namozlarida ham hosil bo’laveradi. Fotiha surasidan keyin birinchi Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 90 rak’atda «Qul ya ayyuhal kafirun»ni, ikkinchi rak’atda esa «Qul huvallohu ahad»ni o’qiydi. Duoni yuqorida zikr qilganimiz bilan boshlab, Allohga hamd va Rasulullohga salovot va salom aytish bilan yakunlaydi. Hadisi sharifda zikr qilinganidek, istixorani har bir ishda qilish mustahabdir. Agar istixora qilgandan keyin qalbi qaysi tomonga moyil bo’lsa, o’shani bajaraveradi. 304/2. Abu Bakr (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir ish qilishni xohlasalar: «Allohumma xir liy vaxtar liy», deb aytardilar». (Ma’nosi: Allohim, menga yaxshilik ixtiyor qil) Termiziy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar. 305/3. Anas (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Ey Anas, agar biror ishni qasd qilsang, Rabbingga yetti marta istixora qil, so’ngra qalbingga yaqiniga qara, yaxshilik ana shundadir», dedilar». Ibn Sunniy g’arib sanad bilan rivoyat qilganlar. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling