Qiyinchilik va g’amginlikda aytiladigan zikrlar bobi
78-bob. Muhim ishlarda va qiyinchilikdagi duolar
306/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
mahzunlikda:
«La ilaha illallohul ‘aziymul haliym, La ilaha illallohu robbul ‘arshil ‘aziym, La ilaha
illallohu robbus samavati va robbul arzi robbul ‘arshil kariym», deb aytardilar. (Ma’nosi:
«Halim va ulug’ Allohdan boshqa iloh yo’q. Ulug’ arshning rabbi bo’lgan Allohdan boshqa
iloh yo’q. Mukarram arshning va yeru osmonlarning rabbi bo’lgan Allohdan boshqa iloh
yo’q.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari
307/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga biror ish
mashaqqat yoki mahzunlik keltirsa:
«Ya hayyu ya qoyyumu birohmatika astag’isu», der edilar. (Ma’nosi: «Ey hay va qayyum
sifatli Zot, Sening rahmating ila yordam so’rayman.) Termiziy rivoyatlari
308/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga
biror ish xafalik olib kelsa, boshlarini osmonga ko’tarib:
«Subhanallohil ‘aziym», der, duo qilmoqchi bo’lsalar: «Ya hay, ya qoyyum»ni aytar
edilar. Imom Termiziy rivoyatlari
309/4. Anas (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko’pincha:
«Allohumma atina fid dunyo hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar»,
deb duo qilar edilar». (Ma’nosi: «Ey Allohim, dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni
ber. Do’zax azobidan bizlarni saqla.) Imom Buxoriy rivoyatlari
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |