80-bob. g‘am yoki tashvish yetganida aytiladigan zikrlar
317/1. Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Kimga g’am-tashvish yetsa, ushbu kalimalar bilan duo qilsin, deganlarida, bir
kishi: «Ey Rasululloh mana shu kalimalardan bebahra qolgan kishi xasoratdami» dedi,
Rasululloh: «Ha», deb javob berdilar. So’ngra , «Bu kalimalarni o’zinglar aytib,
boshqalarga ham o’rgatinglar. Kim bir narsa talabida ana shu kalimalarni aytsa, Alloh
undan xafalikni ketkazib, xursandchiligini ziyoda qiladi», deb o’sha kalimalarni aytdilar:
«Ana ‘abduka, ibnu ‘abdika, ibnu amatika fi qobzotik, nasiyatiy biyadik, mazin fiyya
hukmuk, ‘adlun fiyya qozouk, as`aluka bikulli ismin huva laka sammayta bihi nafsaka av
anzaltahu fi kitabika av ‘allamtahu ahadan min xolqika av ista`sarta bihi fiy ‘ilmil g’oybi
‘indaka an taj’alal Qur’ana nuro sodriy va robiy’a qolbiy va jilaa huzniy va zahaba
hammiy». (Ma’nosi: Men Sening qulingman, qulingning o’g’liman, cho’ringning
zurriyotiman. Kokilim Sening qo’lingda. Hukming mening ustimda joriydir. Sening
hukming odildir. O’zingni nomlagan yoki kitobingda nozil qilgan yoki xalqingdan biror
kishiga o’rgatgan yoki g’ayb ilmingda saqlab qo’ygan ismlaring ila so’raymanki, Qur’onni
dilimning nuri, qalbimning bahori, mahzunligimni arituvchi va g’amimni ketkizuvchi qil.)
Ibn Sunniy rivoyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |