Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sendan boshqa iloh yo’q. Ey pok
www.ziyouz.com kutubxonasi
91 Imom Muslim rivoyatlarida bunday deyiladi: «Anas (r.a.) duo qilsalar, ana shu duo bilan boshlar edilar. Agar boshqa duoni o’qisalar, unga o’sha duoni qo’shardilar». 310/5. Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar menga biror qiyinchilik yoki xafachilik yetsa, quyidagi kalimalarni aytishni buyurdilar: «La ilaha illallohu karimul ‘aziym. Subhanahu tabarokallohu robbul ‘arshil ‘aziym. Alhamdu lillahi robbil ‘alamiyn». (Ma’nosi: Ulug’ va karim sifatli Allohdan boshqa iloh yo’q. Ulug’ arsh rabbi Alloh barakotli va pokdir. Olamlar rabbi Allohga hamd bo’lsin.) Nasoiy va Ibn Sunniy rivoyatlari 311/6. Abu Bakradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiyinchilik paytlarida: «Allohumma rohmataka arju fala takilniy ila nafsiy torfata ‘aynin va aslih liy sha`niy kullahu la ilaha illa anta» duosini o’qirdilar. (Ma’nosi: Allohim, rahmatingni umid qilaman. Meni o’z holimga bir lahza ham topshirib qo’yma va ishlarimning hammasini isloh qil. Sendan boshqa iloh yo’q.) Abu Dovud rivoyatlari 312/7. Asmo binti Umays (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Qiyinchilik paytlarida aytiladigan kalimalarni senga o’rgataymi? «Allohu Allohu robbiy, la ushriku bihi shay`a», deb ayt», dedilar». (Ma’nosi: Alloh, rabbim Alloh. Unga biror narsani sherik qilmayman.) Abu Dovud, Ibn Moja rivoyatlari 313/8. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim xafalik paytida Oyatul kursiy va Baqara surasining oxirgi oyatlarini o’qisa, Alloh taolo unga yordam beradi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 314/9. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men bir kalimani bilaman, uni mahzunlikka tushib qolgan kishi aytsa, najot topadi. U kalima birodarim Yunus alayhissalom (baliqning qorniga tushib qolganlaridan keyin) zulmatlarda turib: «La ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minaz zolimiyn» (Anbiyo surasi, 87-oyat), deya qilgan duolaridir», dedilar. (Ma’nosi: Sendan boshqa iloh yo’q. Ey pok Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling