94-bob. Esi og’ganda va biror narsa chaqqanda o’qiladigan duolar
337/1. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning sahobalaridan bir nechtasi safarga chiqishdi. Ular arab mahallalaridan
biriga tushib, mehmon qilishini so’rashdi. Mahalladagilar esa, ularni mehmon qilishdan
bosh tortishdi. Nogahon, ana shu mahalla oqsoqolini bir narsa chaqib oldi. Unga hamma
narsani qilib ko’rishdi, ammo foyda bermadi. Ba’zilar: «Ana u mehmonlarga boringlar-
chi, shoyad, ularda biror narsa bo’lsa?» deyishdi. Ular borib: «Ey mehmonlar jamoasi,
bizning boshlig’imizni bir narsa chaqib oldi. Hamma harakatni qilib ko’rdik, ammo foyda
bermadi. Sizlarda biror narsa bormi?» deb so’rashdi. Mehmonlardan bittasi: «Allohga
qasamki, men dam solinadigan bir duoni bilaman. Lekin sizlardan bizni mehmon
qilishingizni so’raganimizda, rad etdinglar. Bizga bu duoning evaziga biror narsa
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |