Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Uyqudan uyg’onganda aytiladigan zikrlar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
2-bob. Uyqudan uyg’onganda aytiladigan zikrlar 26/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Uxlayotgan vaqtingizda shayton bo’yningizga uchta tugun tugib qo’yadi. Har tugunni harakatga keltirib, kecha hali uzun, Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 15 yotaver, deydi. Agar kishi uyg’onib, Allohni zikr qilsa, tugunlarning biri yechiladi. Agar tahorat qilsa, ikkinchisi yechiladi. Namoz o’qisa, tugunlarning hammasi yechiladi va kishi nafsi pok, faol va g’ayratli bo’lib, tong orttiradi. Ammo uyquda yotaversa, nafsi iflos, dangasa bo’lib uyg’onadi». Buxoriy va Muslim rivoyatlari 27/2. Huzayfa ibn Yamon (r.a.) va Abu Zarrning (r.a.) rivoyat qilishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to’shaklariga yotsalar, «Bismikallohumma ahya va amutu», deb aytganlar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sening isming bilan tirilaman va o’laman.) Uyg’onganlarida: «Alhamdu lillahillaziy ahyana ba’da ma amatana va ilay-hin nushur», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Bizni o’ldirgandan keyin tiriltirgan Allohga hamd bo’lsin. Va biz Ungagina qaytamiz.) Buxoriy rivoyatlari 28/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar sizlardan birontangiz uyqusidan uyg’onsa: «Alhamdu lillahillaziy rodda ‘alayya ruhiy va ‘afaniy fiy jasadiy va azina liy bizikrihi», deb aytsin». (Ma’nosi: «Ruhimni menga qaytib bergan, jasadimni ofiyatda qilgan va o’zini zikr qilish uchun menga izn bergan Allohga hamd bo’lsin.) Ibn Sunniy bu hadisni sahih isnod bilan rivoyat qilganlar. 29/4. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir bandaga Alloh taolo ruhini qaytib berganida (uyg’onganda): «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», desa, gunohlari dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, Alloh taolo uni kechirib yuboradi», dedilar». Ibn Sunniy rivoyatlari 30/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Bir kishi uyqusida ogoh bo’lib: «Alhamdu lillahillaziy xolaqon-navma val-yaqzota, alhamdu lillahillaziy ba’asaniy saliman saviyya, ashhadu annalloha yuhyil mavta va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», deb aytsa, Alloh taolo: «Bandam rost aytdi», deydi». (Ma’nosi: Uyquni va uyg’oqlikni yaratgan Allohga hamd bo’lsin. Meni salomat va to’g’ri qilib, hayotga olib kelgan Allohga hamd bo’lsin. Albatta, Alloh tiriltiruvchi va o’ldirguvchi va har bir narsaga qodir, deb guvohlik beraman.) Ibn Sunniy rivoyatlari 31/6. Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi uyg’onib qolsalar, o’n marta takbir, o’n marta tahmid, o’n marta «subhannallohi va bihamdihi», o’n marta «subhanalqudus» deb, o’n marta istig’for, o’n marta tahlil aytardilar. So’ngra: «Allohumma inniy a’uzu bika min ziyqid dunya va ziyqi yavmil qiyamah»ni o’n marta aytib, namozni boshlardilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, dunyoning tangligidan, qiyomatning torligidan Sendan panoh tilayman.) Abu Dovud rivoyatlari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling