Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


-bob. Zakotga ta’alluqli zikrlar


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/464
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#244004
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   464
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

 
146-bob. Zakotga ta’alluqli zikrlar 
 
Alloh taolo Tavba surasining 103-oyatida: «(Ey Muhammad), siz ularning 
mollaridan bir qismini o’zlarini tozalab poklaydigan sadaqa sifatida oling va 
ularning haqlariga duo qiling», deb aytgan. 
 
472/1. Abdulloh ibn Abu Avfodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam biror qavm sadaqa olib keladigan bo’lsa,  
 
«Allohumma solli alayhim» (Ey Rabbim, ularga rahmatingni yubor), deb aytardilar. Abu 
Avfo sadaqa bilan kelganlarida ham:  
 
«Allohumma solli ‘ala ali Abi Avfa» (Allohim, Abu Avfo oilasiga rahmatingni yubor), deb 
aytganlar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari 
 
Imom Shofe’iy zakot oluvchi zakot beruvchiga agar xohlasa: «Ajarokallohu fiyma a’toyta 
va ja’alahu laka tohuron va baroka laka fiyma abqoyta», deb aytsin, deydilar. (Ma’nosi: 
Berganingizga Alloh ajr ato etsin, uni sizga poklovchi qilsin, qolganiga Alloh baraka 
bersin.) 
 
Fasl: Zakot, sadaqa, nazr, kafforat yoki shunga o’xshash narsalarni beruvchi kishi: 
«Robbana taqobbal minna innaka antas samiy’ul ‘aliym», deb aytish mustahabdir. 
(Ma’nosi: Ey Rabbimiz, bizdan qabul et, albatta, Sen eshitguvchi va bilguvchi zotsan.) 
 
 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling