Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Tasbih namozidagi zikrlar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
145-bob. Tasbih namozidagi zikrlar
Abu Vahb aytadilar: «Abdulloh ibn Muborakdan tasbih aytib o’qiladigan namoz haqida so’raganimizda u zot: «Takbir aytib quloq qoqadi, so’ngra: «Subhanakallohumma va bihamdika va tabarokasmuka va ta’ala jadduka va la ilayha g’oyruk»ni o’qib, ortidan «Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar»ni o’n besh marta aytadi, so’ngra a’uzu bilan bismillohni, Fotiha va zam surani o’qiydi, keyin o’n marta yana «Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illalohu vallohu akbar»ni aytib, ruku’ qiladi, ana shu kalimalarni o’n marta aytadi. So’ng ruku’dan boshini ko’tarib, yana o’n marta aytadi. So’ngra sajdada o’n marta va sajdadan boshini ko’targanida ham o’n Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 128 marta aytadi. Ikkinchi sajdada yana o’n marta ana shu kalimalarni aytadi. Mana shunday qilib, to’rt rak’at o’qiydi. Bular har ra’katda yetmish beshtadan bo’lib to’rt rak’atda uch yuzta bo’ladi», dedilar». 471/1. Abu Rofe’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abbosga (r.a.): «Ey amaki, men sizga qarindoshlik qilmaymi, sizni yaxshi ko’rmaynmi, sizga manfaat bermaymi?» deganlarida, Abbos (r.a.): «Albatta, bularning hammasini qiling, ey Rasululloh», deb javob qildilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unda to’rt rak’at namoz o’qing va har bir rak’atida Fotiha bilan zam surani o’qing. Agar qiroatni tugatsangiz, ruku’dan oldin «Allohu akbar valhamdu lillahi va subhanallohi», deb o’n besh marta ayting, so’ng ruku’ qilib, u kalimani o’n marta ayting. Ruku’dan boshingizni ko’tarib, yana o’n marta ayting, so’ng sajda qilib, tag’in o’n marta ayting. Sajdadan boshingizni ko’targaningizda turishdan oldin ham o’n marta ayting. (Ikkinchi sajdada ham o’n marta aytiladi.) Ana shunda har rak’atda yetmish beshta bo’ladi. To’rt rak’atda uch yuzta bo’ladi. Agar gunohingiz zich qum zarralari sonicha bo’lsa ham, Alloh taolo kechirib yuboradi», dedilar. Abbos (r.a.): «Ey Rasululloh, bir kunda bularni aytishga kim qodir bo’la olardi?» deb so’radilar. Rasululloh: «Agar bir kunda qodir bo’lmasangiz, har juma kuni ado eting. Har juma ado etolmasangiz, har oyda ado eting. Mana shundoq aytishda davom etib, uni bir yilda bir marta bo’lsa ham, ado eting», dedilar. Imom Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. Termiziy buni g’arib xadis deb aytganlar. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling