Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. E’tikofda aytiladigan zikrlar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
152-bob. E’tikofda aytiladigan zikrlar
E’tikofga o’tirgan kishi Qur’on tilovati va zikrlar bilan mashg’ul bo’lishi mustahab amallardir. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 132 HAJ ZIKRLARI KITOBI 153-bob. Haj zikrlari bobi Bilingki, hajning zikr va duolari juda ko’pdir. Lekin ulardan muhimlarini aytib o’tamiz. Bu zikrlar ikki qism: 1) safardagi zikrlar; 2) hajning o’zidagi zikrlar. Safardagi zikrlarni, inshaalloh, o’rnida zikr qilamiz. Ammo Hajdagi zikrlarni haj amallari tartibiga binoan bayon etamiz. Bu bob juda uzun bo’lgani sababli, o’quvchiga malol kelmasligi uchun muxtasar uslubni tanladik. Kim ehrom kiymoqchi bo’lsa, avval tahorat oladi, so’ng g’usl qilib, izor va ridosini kiyadi. Tahorat, g’usl va kiyim kiyishdagi duolarni oldingi boblarda zikr qildik, o’shalarni aytadi. Keyin ikki rak’at namoz o’qiydi. Birinchi rak’atda «Qul ya ayyuhal kafirun»ni, ikkinchi rak’atida «Qul huvallohu ahad»ni o’qiydi. Namozdagi zikrlarni aytadi. Namozni tugatganidan keyin xohlaganicha duo qiladi. Agar ehrom kiyishni xohlasa, qalbi bilan niyat qilib, ushbu duolarni o’qiydi: «Navaytul hajja va ahramtu bihi lillahi azza va jalla». (Ma’nosi: Hajni niyat qilib, Alloh azza va jalla yo’lida ehrom kiydim.) Yoki: «Allohumma inniy uriydul hajja fayassirhu liy va taqobbalhu minniy». (Ma’nosi: Ey Rabbim, haj qilishni xohlayman, uni menga oson qilib, mendan qabul et.) Va yana: «Labbaykallohumma labbayk, labbayka la shariyka laka labbayk, innal hamda vanni’mata laka val mulk, la shariyka lak». (Ma’nosi: Labbay, Allohim, Senga itoatdaman. Senga itoatdaman. Sening sheriging yo’q. Labbay Senga. Albatta, hamd, ne’mat va mulk Senikidir. Sening sheriging yo’q.) Bilingki, talbiya aytish sunnatdir. Uni tark qilsa ham, haj va umrasi sahih bo’laveradi, lekin Rasulullohga iqtido qilinmagan bo’ladi. Ba’zilar uni vojib deb, haji sahih bo’lishi uchun aytishni shart qilishgan. Lekin avvalgi so’zimiz kuchliroqdir. Boshqa kishi uchun ehrom kiyadigan bo’lsa: «Navaytul hajja va ahromtu bihi lillahi ta’ala ‘an fulan», deb talbiyani oxirigacha o’qiydi va kimning nomidan haj qilayotgan bo’lsa, o’shaning ismini aytadi. Talbiyadan keyin Rasulullohga salovot aytiladi, o’ziga va dunyoyu oxirat ishlarida xohlagan kishisi haqqiga duo qiladi, Allohning roziligi va jannatini so’rab, do’zaxdan panoh tilaydi. So’ng yana talbiyani aytishni boshlaydi, iloji boricha ko’paytiradi. Tik turganda, o’tirganda, piyoda yurganda, biror narsa minib ketayotganda, yonboshlab o’tirganda, biror yerdan tushayotganda, sayr qilib yurganda, tahoratsiz, junub, hayz holatida, kunduzi, kechasi, saharda, do’stlar bilan jam bo’linganda, namoz so’ngida, masjidlarda, qo’yingki, tavof bilan sa’ydan tashqari hamma vaqt talbiya aytish mustahabdir. Tavof bilan sa’yda esa, o’zining maxsus duolari bor, ana shu duolar ila mashg’ul bo’linadi. Talbiyani aytishda unga mashaqqat bo’lmasa, ovozini balandlatadi. Lekin ayollar ovozini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling