Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


Arafotda aytilishi mustahab bo’lgan duo va zikrlar


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/464
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#244004
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   464
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

Arafotda aytilishi mustahab bo’lgan duo va zikrlar 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Duolarning eng yaxshisi arafa 
kunidagisidir. Men va mendan oldingi payg’ambarlar aytgan narsalarning eng yaxshisi  
 
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala 
kulli shay`in qodiyr»dir». 
 
Arafotda zikr va duolar ko’paytiriladi. Chunki bu kun yilning duo qilish uchun eng yaxshi 
fursatidir, hajning eng ulug’ amali, maqsadi va e’timod qilinganidir. Shundoq ulug’ kunda 
banda zikr, duo, Qur’on tilovatiga o’zi, ota-onasi, qarindoshlari, do’stu birodarlari va 
jamiki musulmonlar haqqiga duo qilishga bor kuch-quvvatini sarf etadi, ulug’ kunning 
buyuk imkoniyatlaridan bebahra qolib, vaqtini behuda o’tkazishdan o’zini saqlaydi. U 
kunda duolar saj’ -- qofiya bilan aytilmaydi. Chunki saj’ qalbdan xushu’ va xuzu’ni, o’zni 
xor tutish kabi narsalarni ketkazadi. Lekin yodlangan duolar qofiyali bo’lsa, zarari yo’q. 
Duo qilayotganda ovozini pasaytirib aytish sunnatdir. Yana shu kunda chin qalbdan 
istig’for aytiladi, tavba qilinadi. Duolar takror-takror aytilaveradi. Duolar Allohga hamdu 
sano va Rasululohga salovot va salom aytish bilan tugatiladi. Duo qilayotganda, albatta, 
tahoratli bo’lib, qiblaga yuzlangan holda turiladi. 
 
489/2. Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam arafa kuni o’sha 
joyda:  
 
«Allohumma lakal hamdu kallaziy naqulu va xoyron mimma naqulu, Allohumma laka 
solati va nusukiy va mahyaya va mamatiy va ilayka maaliy va laka robbi turosiy, 
Allohumma inniy a’uzu bika min ‘azabil qobri va vasvasatis sodri va shattotil amri, 
Allohumma inniy a’uzu bika min sharri ma tajiy’u bihirriyhu», deb ko’p aytar edilar». 
(Ma’nosi: Allohim, aytgan narsalarimizda va aytgan narsalarimizning yaxshisida Senga 
hamd bo’lsin. Ey Rabbim, namozim, hajim, hayotu mamotim Sen uchundir. Oqibatim va 
merosim ham Sengadir. Ey Rabbim, Sendan qabr azobidan, qalb vasvasasidan va ishlar 
har turlik bo’lib ketishidan panoh tilayman. Allohim, Sendan noming ila shamol olib 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling