Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
136 qilganingdek, uni mendan tortib olmasligingni, musulmon holimda vafot ettirishingni so’rayman.) Ibn Umar (r.a.) Safoda turganlarida quyidagi duoni o’qir edilar: «Allohumma a’simna bidiynika va tova’iyatika va tova’iyati rosulika sollallohu alayhi vasallam va jannibna hududaka, Allohummaj’alna nuhibbuka va nuhibbu mala`ikataka va anbiyaaka va rusulaka va nuhibbu ‘ibadakas solihiyn, Allohumma habbibna ilayka va ila mala`ikatika va ila anbiyaika va rusulika va ila ‘ibadikas solihiyn, Allohumma yassirna lilyusro va jannibnal ‘usro, vag’firlana fil axiroti val ula vaj’alna min aimmatil muttaqiyn». (Ma’nosi: Allohim, diningda bizni mustahkam et, O’zingning va rasulingning toatida qil. Hududlaringdan oshib o’tishdan bizni saqla. Ey Rabbim, bizni O’zingni, farishtalaringni, rasullaringni va solih bandalaringni yaxshi ko’radiganlardan qil. Allohim, bizni O’zing, farishtalaring payg’ambar va rasullaring hamda solih bandalaring yaxshi ko’radiganlardan qil. Allohim, bizga oson qil va qiyinchilikni ketkaz. Dunyo va oxiratda bizni mag’firat etib, muttaqiylarning peshvolaridan qil.) U zot Safo va Marva oralig’idagi sa’ydan qaytishlarida quyidagi duoni o’qirdilar: «Robbig’fir varham va tajavaz ‘amma ta’lamu innaka antal a’azzul akrom. Allohumma atina fid dunyo hasanatan va fil axirati hasanatan va qina ‘azaban nar». (Ma’nosi: Ey Rabbim, mag’firat qil, rahm ayla va mendagi bilgan narsalaringni kechib yubor. Albatta, Sen aziz va karamli zotsan. Allohim, dunyoda va oxiratda yaxshiliklar ber va do’zax azobidan bizni saqla.) Sa’y qilinganida, har bir makonda quyidagi duo aytiladi: «Allohumma ya muqollibal qulub, sabbit qolbiy ‘ala diynik, Allohumma inniy as`aluka mujibati rohmatika va ‘aza`ima mag’firotika vas salamata min kulli ismin val favza bil jannati van najata minan nar. Allohumma inniy as`alukal huda vat tuqo val ‘afaf val g’ina. Allohumma a’inniy ‘ala zikrika va shukrika va husni ‘ibadatik. Allohumma inniy as`aluka minal xoyri kullihi ma ‘alimtu minhu va ma lam a’lam va a’uzu bika minash sharri kullihi ma ‘alimtu minhu va ma lam a’lam. Va as`alukal jannata va ma qorroba ilayha min qovlin av ‘amalin va a’uzu bika minan nari va ma qorroba ilayha min qovlin av ‘amalin». (Ma’nosi: Ey qalblarni buruvchi Zot, qalbimni diningda sobit qil. Ey Allohim, rahmatingga mustahiq bo’ladigan narsani, mag’firatingni vojib qiladigan har gunohdan salomat bo’lishni, jannat bilan zafar qozonishni, do’zaxdan najot topishni so’rayman. Allohim, Sendan hidoyatni, taqvoni, iffatni, behojatlikni tilayman. Allohim, Seni zikr qilishda, shukringni bajo keltirishda va ibodatingni chiroyli qilishda yordam berishingni so’rayman. Allohim, Sendan bilgan-bilmaganim barcha yaxshiliklarni so’rayman. Va Sendan bilgan-bilmaganim yomonliklardan panoh so’rayman. Yana men jannatingni va unga yaqin qiluvchi so’z va amalni so’rayman, do’zaxingdan va do’zaxingga yaqin qiluvchi so’z va amaldan panoh tilayman.) Bundan tashqari, sa’y mahali zikr, duo va Qur’on tilovati bilan ham mashg’ul bo’laveradi. Fasl. Makkadan Minoga chiqib ketayotganda, quyidagi duoni o’qish mustahabdir: «Allohumma iyyaka arju va laka ad’u, faballig’niy soliha ‘amaliy vag’firliy zunubiy, vamnun ‘alayya bima mananta bihi ‘ala ahli to’atika innaka ‘ala kulli shay`in qodiyr». (Ma’nosi: Ey Alloh, Sendan umid etaman, Senga duo qilaman, orzularimning yaxshisiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling