Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Zamzam suvini ichganda aytiladigan zikrlar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
Zamzam suvini ichganda aytiladigan zikrlar 491/4. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Zamzam suvi nima uchun ichilsa, shunga bo’ladi», dedilar. Ya’ni, nima niyat ila ichilsa, o’sha niyatiga yetadi. Imom Muslim rivoyatlari Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 141 Zamzam suvini ichayotib, ulug’ maqsadlarni ko’zlash ulamo va solih kishilarga xos ishdir. Ba’zi ulamolar, Zamzam ichayotganda gunohlari mag’firat bo’lishini va kasaldan shifo topishini so’rab ichish hamda quyidagi duolarni o’qish mustahabdir, deyishgan: «Allohumma va inniy ashrabuhu litag’firo liy va litaf’ala biy kaza-kaza fag’fir liy» «Allohumma inniy ashrobuhu mustashfiyan bihi fashfiniy». (Ma’nosi: Allohim, bildimki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Zamzam suvi nima uchun ichilsa, shunga bo’ladi», deb aytganlar. Allohim, bu suvni men gunohlarim mag’firat bo’lishi va mana shu-mana shular bo’lishi uchun ichyapman. Allohim, meni mag’firat qil yoki mundoq qil. Allohim, u suv shifo bo’lishini niyat qilib ichyapman, menga shifo ber). Ibn Abbos (r.a.) agar Zamzam suvini ichsalar: «Allohumma inniy as`aluka ‘ilman nafi’an va rizqon vasi’an va shifaan min kulli dain», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, men Sendan foydali ilm, keng rizq va har dardga shifo berishingni so’rayman.) Imom Hakim rivoyatlari Fasl. Vataniga qaytishdan oldin, vidolashuv tavofini qilgandan so’ng quyidagi duo o’qiladi: «Allohumma, al-baytu baytuka val’abdu ‘abduka vabnu ‘abdika vabnu amatika hamaltaniy ‘ala ma saxxorta liy min xolqika hatta sayyartaniy fiy biladika va ballag’taniy bini’matika hatta a’antaniy ‘ala qozoi manasikika fain kunta roziyta ‘anniy fazdad ‘anniy rizon va illa faminal ana qobla an yanayan dariy haza avanu insirofiy in azinta liy g’oyro mustabdilin bika va la bibaytika va larog’ibin ‘anka va la ‘an baytika, Allohumma faashibniy ‘afiyata fiy badaniy val’ismata fiy diyniy va ahsin munqolabiy varzuqniy to’ataka ma abqoytaniy vajma’liy xoyrol axiroti vad dunya innaka ‘ala kulli shay`in qodiyr». (Ma’nosi: Ey Rabbim, mana shu uy Sening uying. Mana bu qul Sening quling, qulingning va cho’ringning o’g’li. Xalq qilgan (hayvonlaring) ustida meni o’z shahringga keltirding. Ne’matingga yetkazib, hatto haj amallarini bajarishda menga yordam berding. Agar mendan rozi bo’lsang, ana shu rozilikni o’z uyingdan uzoqlashishdan oldin ziyoda qil. Hozir bu yerdan ajrashish paytimdir. Agar uyingdan, o’zingdan ajralmaslikka izn bersang, aslo uyingdan va o’zingdan ajralmasman. Allohim, badanimda ofiyatni, dinimda mustahkamlikni va chiroyli o’zgarishni sohib qil. Qoldirganing muddatda toating bilan rizqlantir. Dunyo va oxiratda yaxshiliklarni men uchun jam qil. Albatta, Sen har bir narsaga qodirsan.) Mana shu duo bilan boshlab, Allohga hamdu sano va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish ila tugatadi. Hayz ko’rgan ayollar esa, masjid eshigi oldida turib, yuqoridagi duoni o’qiydi, so’ngra u yerdan tarqalishadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling