Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrlarini ziyorat qilish va undagi zikrlar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrlarini ziyorat qilish va undagi zikrlar. Bilingki, haj qiluvchi kishi xoh yo’li tushsin, xoh tushmasin, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ziyoratlariga borishi lozim. Chunki ziyorat qurbat hosil qilish, ulug’lash va matlub ishlarning eng afzalidir. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 142 Ziyoratga yuzlanganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishni ko’paytirish lozim. Ko’z Madinadagi daraxtlarga tushishi bilan salovot va salom yo’llash yanada ko’paytiriladi. Allohdan bu ziyorati foydali bo’lishini, ikki dunyo baxtiga muyassar qilishini so’raydi. So’ng quyidagi duoni o’qiydi: «Allohumma iftah ‘alayya abvaba rohmatika varzuqniy fiy ziyaroti qobri nabiyyika sollallohu alayhi vasallam ma rozaqtahu avliya`aka va ahla to’atika vag’firliy varhamniy ya xoyra mas’ul». (Ma’nosi: Ey Rabbim, menga rahmat eshiklaringni och. Nabiyyingning qabri ziyoratida avliyolaring va toating ahllarini rizqlantirgan narsa ila rizqlantir. Ey so’raladiganlarning yaxshisi, meni mag’firat qil, rahm ayla.) Masjidga kirayotganda tegishli duolar o’qiladi. Kirgandan keyin tahiyyatul masjid namozini o’qib, qabr yoniga kelib, unga yuzlanib, qabr devoridan to’rt ziro’ uzoqda turib, ovozni balandlatmay salom beriladi, so’ng: «Assalamu ‘alaka ya Rosululloh, assalamu ‘alayka ya xiyrotallohu min xolqihi, assalamu ‘alayka ya habiyballoh, assalamu ‘alayka ya sayyidal mursaliyn va xotaman nabiyyin, assalamu ‘alayka va ‘ala alika va ashabika va ahli baytika va ‘alan nabiyyiyna va sa`iris solihiyn. Ashhadu annaka ballag’tarrisala va addaytal amana va nasaxtal umma fajazakallohu ‘anna afzola ma jaza rosulan ‘an ummatihi», deb aytadi. (Ma’nosi: Ey Allohning rasuli, sizga salom bo’lsin. Ey xalq qilinganlarning yaxshisi, sizga salom bo’lsin. Ey Allohning habibi, sizga salom bo’lsin. Ey Payg’ambarlarning sayyidi va nabiylarning oxirgisi, sizga salomlar bo’lsin. Sizga, oilangizga, ashoblaringizga, ahli baytingizga, nabiylarga va boshqa solihlarga salom bo’lsin. Guvohlik beramanki, siz risolatni yetkazdingiz, omonatni ado etdingiz, ummatga nasihat qildingiz, Alloh sizni biz sababdan rasullarni ummati tufayli mukofotlaydigan mukofotlarning eng afzali ila mukofotlasin.) Agar biror kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salom ayting, degan bo’lsa, «Assalamu ‘alayka ya Rosululloh min fulon ibn fulon», deb o’sha kishining ismini aytadi. So’ng o’ng tomoniga bir qadamcha surilib, Abu Bakrga (r.a.) salom beradi. So’ng yana surilib, Umarga (r.a.) salom beradi. So’ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrlari ro’parasiga qaytib, o’zi uchun u zotni vasila qilib, Parvardigoridan u zotning shafoatlarini so’raydi. So’ng o’ziga, ota-onasiga, do’stlariga va o’ziga yaxshilik qilgan boshqa musulmonlarga duo qiladi. Va bu o’rinni g’animat bilib, Allohga hamd, tasbih, tahlil, Rasulullohga salovot aytishni ko’paytirib, so’ng qabr bilan minbar orasidagi ravzaga keladi, u yerda ham duoni ko’paytiradi. 492/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Minbarim bilan qabrim orasida jannat bog’laridan bir bog’ bordir», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari Madinadan chiqib ketayotib, masjidda ikki rak’at namoz o’qib vidolashish mustahabdir. U yerda yaxshi ko’rgan narsalari ila duo qiladi. So’ngra qabr ro’parasiga kelib, avvalgidek salom beradi. Duoni qaytarib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan vidolashadi, keyin quyidagi duoni o’qiydi: «Allohumma la taj’al haza axirol ‘ahdiy biharomi Rosulika va yassir liy al-’avda ilal haromayni sabilan sahlatan bimannika va fazlika varzuqni al-’afva val ‘afiyata fid dunya val axiroti va ruddana salimiyna g’onimiyna ila avtonina, amiyn». (Ma’nosi: Ey Rabbim, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling