Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
166 alayhissalom borib: «Assalomu alaykum» («Sizlarga salom»), dedilar. Farishtalar: «Assalomu ‘alayka va rahmatullohi» («Senga ham salom va Allohning rahmati bo‘lsin»), deb «rahmatullohi»ni ziyoda qilishdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 601/3. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yetti narsaga buyurdilar: 1. Kasalni borib ko‘rmoqni; 2. Janozada qatnashmoqni; 3. Aksa urganga javob qaytarmoqni; 4. Kuchsizga yordam bermoqni; 5. Mazlumga ko‘mak bermoqni; 6. Salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoymoqni; 7. Qasamga vafo qilmoqni. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 602/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Imon keltirmaguningizcha jannatga kirmaysizlar. Bir-biringizga muhabbat qilmaguningizcha imonli bo‘la olmaysizlar. Agar amal qilsangiz, o‘rtalaringizda muhabbat paydo etadigan narsaga sizlarni dalolat qilaymi? U oralaringizda salomni yoymoqligingizdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 603/5. Abdulloh ibn Salomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey insonlar, salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoying. Ovqat bilan (kambagallarni) taomlantiring, qarindoshlarga yetishing. Kishilar uxlaganda namoz o‘qing, jannatga omon holatda kirasizlar», dedilar. Doramiy, Termiziy va Ibn Mojalar rivoyatlari. 604/6. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallam salomni yoymoqqa buyurdilar». Ibn Moja va Ibn Sunniylar rivoyatlari. 605/7. Ishoq ibn Abdulloh ibn Abu Talhadan rivoyat qilinadi. Tufayl ibn Ubay ibn Ka’b Abdulloh ibn Umarning (r.a.) huzurlariga kelib, u zot bilan birga bozorga borishar edi. Tufaylning xabar berishlaricha, «Bozorga borarkanmiz, Abdulloh ibn Umar biror ichak- chavoqlarni sotuvchi yoki do‘kondor yoki biror miskinga yo‘liqsalar, ularga salom berardilar». Tufayl aytdilar: «Kunlarning birida Abdulloh ibn Umarning oldilariga bordim. Meni o‘zlari bilan bozorga ergashtirdilar. U zotga «Bozorda nima qilasiz, baribir oldi-sotdi qilmasangiz, narxlarini so‘rab, baholashmasangiz va bozor majlislarida o‘tirmasangiz?» desam, u zot: «Sen bilan bu haqda ana bu yerda gaplashamiz», dedilar-da, «Ya abobatn» («ey qorin otasi»), dedilar (ya’ni, Tufaylning qorinlari katta bo‘lgani uchun shunday atadilar). So‘ng yana: «Biz bu yerga salom sababli, ya’ni yo‘likqan kishilarimizga salom berish uchun kelamiz», dedilar». (Abdulloh ibn Umar (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini tiriltirish uchun birortasini qoldirmay mana shunday amal qilishda boshqa sahobalardan ajrab turardilar... - tarj.) Imom Molik «Muvatto» kitoblarida rivoyat qilganlar. 606/8. Ammor (r.a): «Kimki o‘zida uch narsani jamlasa, imonning barchasini jamlabdi: 1. Nafsiga insof qilmoq; 2. Olamga salomni tarqatmoq. (ya’ni, tanigan va tanimagan kishilariga salom bermoq.); 3. Tanqislikda (molidan) infoq qilmoq», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling