Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Salomning mustahab, makruh va muboh holatlari haqida
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
216-bob Salomning mustahab, makruh va muboh holatlari haqida Bilingki, yuqorida aytganimizdek, salomni ommaviy qilishga buyurilganmiz. Lekin bu ba’zi holatda ta’kidlangan va ba’zi holatda yengillatilgan va ba’zi holatda man qilingan. Ammo ta’kidlab mahbub sanalganlarining hududi yo‘qdir. Va yana bilingki, tirikka ham, o‘likka ham salom beriladi. Biz o‘likka salom berish kayfiyatini «Janoza zikrlari kitobi»da aytib o‘tganmiz. Ammo salomning makruh, yengillatilgan va muboh holatlarini istisno qilib, bir oz bayon qilishga ehtiyoj bor. Masalan, kishi bavl va shularga o‘xshash narsaga mashg‘ul bo‘lib turganida salom berish makruhdir. U javobga ham hakdor emas. Yana uxlayotgan yoki esnayotgan yoki namoz o‘qiyotgan yoki muazzin namozga azon yoki iqomat aytayotgan bo‘lsa yoxud hammomda bo‘lsa yo shunga o‘xshash salom o‘z ta’sirini o‘tkazmaydigan ishlarda ham salom bergan kishi javobga haqdor emas. Ammo ovqatlanayotgan bo‘lsa-yu og‘zida luqma bo‘lmasa, salomning zarari yo‘qdir. Javob berish u kishiga vojib bo‘ladi. Oldi-sotdi va boshqa muomalalarda salom berilsa, javob berish vojibdir. Ammo jumaga xutba o‘qilib turganda salom berish makruhdir. Chunki xutbada jim turishga buyurilganmiz. Endi shunga xilof qilib salom berib qo‘ysa, javob beriladimi? Bunda bir oz ixtilof bor. U amal qilmagani uchun javob qaytarilmaydi, deganlar bor. Agar xutbada jim turish vojib, deyilsa, salomga alik olmaydi. Agar xutbada jim turish sunnat, deyilsa, o‘sha hozir bo‘lganlar orasidan bir kishi javob qaytaradi. Bir kishidan ko‘pi javob qaytarmaydi deganlar ham bor. Ammo Qur’on qiroati bilan mashg‘ul kishiga beriladigan salom haqida Abul Hasan al-Vohidiy: «Tark qilgan afzaldir», deydilar. «Agar salom berilsa, ishora bilan javob berish kifoya qiladi. Agar Qur’on o‘qiyotgan kishi lafz ila salomga alik olsa, «A’uzu»ni aytib, yana tilovatga qaytadi». Bu Vohidiy fikrlari edi. Bunga bir oz e’tibor qilishga to‘g‘ri keladi. Zohiriy olib qaralganda, Qur’on o‘qiyotgan kishi lafz ila alik oladi. Ammo xotirni jamlab, berilib duo bilan mashg‘ul bo‘layotgan kishini Qur’onga mashg‘ul bo‘layotganga o‘xshatish mumkin. Fikrimcha, ana shu holda unga salom berish makruhdir. Chunki bu unga ovqatlanishdagi mashaqqatdan ham ko‘proq qiyinchilik olib keladi. Ammo ehromdagi talbiya aytuvchi kishiga salom berish makruhdir. Chunki talbiyani to‘xtatish makruh. Bordi-yu salom berilsa, lafz ila alik olib qo‘yadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling