Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
173 «Rudda ‘alayya salomiy», ya’ni «Salomimni qaytarib ber», degan lafz ila qaytarib oladi. Bundan maqsad uni qo‘rqitib, o‘rtasida do‘stlik yo‘qligini bildirib qo‘yishdir. Abu Sa’d esa: «Agar zimmiyga salom xohlansa-da, salom lafzidan boshqacha qilinsa, masalan, «Alloh sizni hidoyat qilsin» yoki «Alloh sizning tonggingizni ne’matli qilsin», desa, zarari yo‘q», dedilar. Imom Navaviy: «Mana shu Abu Sa’d aytgan narsaga ehtiyoj bo‘lib, «Xayrli tong tilayman» yoki «Saodat tilayman» yoki «Ofiyat tilayman» yoki «Alloh sizga xursandchilik, saodat, ne’mat, surur ila tong ottirsin», desa yoki shunga o‘xshash narsalarni aytsa, zarari yo‘q. Agar ehtiyoj sezmasa, biror narsa aytmaslikni ixtiyor qiladi. Chunki salom aytish ularga ochiq yuzli bo‘lish, yaqinlik va do‘stlikni ifoda etadi. Biz esa ularga ko‘pol bo‘lish va do‘stlik izhor etmaslikka buyurilganmiz», dedilar. Agar bir kishi jamoat oldidan o‘tsa, ular orasida bir necha musulmon tursa yoki bir musulmon bilan bir necha kofir bo‘lsa, musulmon va musulmonlarni qasd qilib salom berish sunnatdir. 630/8. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir majlisdan o‘tdilar. U majlisda oddiy musulmonlar, mushriklar, butlarga ibodat qiluvchilar va yahudiylar bor edi. Va ularga salom berdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Agar biror mushrikka maktub yozsa va unda salom bitsa, quyidagicha yozish lozim bo‘ladi: 631/9. Abu Sufyon (r.a.) Hiraql qissasi haqida qilingan rivoyatda aytishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohning quli va rasuli Muhammaddan Rumning kattasi Hiraqlga, hidoyatga ergashganlarga salom», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Kasal zimmiyni ziyorat qilish haqida ixtilof qilingan. Ba’zi jamoalar uni mahbub sanashgan. Ba’zilari esa man qilishgan. Abu Bakr Shoshiy esa quyidagilarni zikr qiladilar: «Kofir betob bo‘lganida qarindoshlik yoki qo‘shnichilik yuzasidan qurbat hosil qilish uchun ziyorat joiz». Imom Navaviy ham Shoshiy aytgan ushbu fikrni yaxshi, deganlar. 632/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir yahudiy bola Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xizmat qilar edi. Kunlarning birida u betob bo‘lib qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning ziyoratiga kirib, boshi tomonga o‘tirdilar va «Islomga kir», dedilar. U bola esa otasiga qaradi. Shunda otasi: «Abul Qosimga itoat qil», dedi. Bas, u bola musulmon bo‘ldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning huzuridan chiqa turib, «Alhamdu lillahillaziy anqozahu minan-nar» (ya’ni, «Uni do‘zaxdan xalos qilgan Allohga hamd bo‘lsin»), dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 633/11. Said ibn Musayyib otalari Musayyib ibn Hazndan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Abu Tolibga o‘lim yaqinlashganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning huzuriga kelib, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling