Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
169 215-bob Salomning hukmi Bilingki, salomni boshlash sunnatdir. Lekin vojib emas. U sunnati kifoyadir. Agar salom beruvchilar ko‘pchilik bo‘lsa, ulardan bir kishining salom berishi kifoya qiladi. Agar hammalari salom berishsa-ku, afzal bo‘ladi. 613/1. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ko‘pchilik agar (yo‘ldan) o‘tishsa, ulardan bittalarining salom berishi kifoya qiladi. Utiruvchilarning ham bittalari salomga alik olsa, kifoya qiladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 614/2. Zayd ibn Aslamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar qavmdan bir kishi salom bersa, qolganlarga ham kifoya qiladi», dedilar. Imom Molik «Muvatto»da rivoyat qilganlar. Fasl: Imom Abu Said al-Mutavalliy aytdilar: «Agar bir kishi boshqa bir shaxsga parda yoki devor orqasidan chaqirib, «Assalomu alayka, ya falon», desa yoki maktub yozib, unda «Assalomu alayka, ya falon» yo «Assalomu ‘ala falon», desa yoxud biror elchi jo‘natib, «Falon kishiga salom ayt», desa, uning ham maktubi yoki biror elchisi yetib borsa, o‘shanga ham salom uchun javob qaytarish vojib bo‘ladi». Shu singari Al-Vohidiy ham: «Maktub yozib salom aytgan bo‘lsa, unga ham javob xati yozish vojib bo‘ladi», dedilar. 615/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Jabroil (alayhissalom) senga salom aytdi», deganlarida, men ham: «Va’alayhissalom va rohmatullohi va barokatuhu» («U zotga ham Allohning rahmati, salomi va barakasi bo‘lsin»), dedim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Ikki «Sahih»ning ba’zi rivoyatlarida mana shunday «...va barokatuhu» bo‘lib kelgan va ba’zisida bunday bo‘lmagan. Ishonchli roviyning qo‘shimchasi maqbul bir ishdir. Imom Termiziy kitoblarida esa «...va barokatuhu» bo‘lib kelgan. Bu hadis hasan va sahihdir. Va o‘zidan uzoqda bo‘lgan kishiga salom yo‘llash ham mustahab amaldir. Fasl: Agar bir inson boshqa bir shaxsga salom yo‘llasa yoki elchi: «Falon kishi sizga salom aytdi», deb aytsa, yuqorida aytganimizdek, tezlik ila salomga javob qaytarmog‘i vojib bo‘ladi. Yetkazuvchi kishiga ham qo‘shib «Va’alayka va’alayhis salom», deb aytish mahbub amaldir. 616/4. G’olib al-Qattondan (r.a), u esa bir kishidan rivoyat qildi. Unga otasi, otasiga esa bobosi gapirib bergan ekan. «Otam meni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yuborib, «U zotga borib mendan salom ayt», dedi. Men u zot huzurlariga borib, «Otam sizga salom aytdi», dedim. U zot: «Senga va otangga salom bo‘lsin», dedilar». Abu Dovud rivoyatlari. Bu hadisdagi roviylar orasida noaniq kishi bo‘lsa ham, yuqorida aytganimizdek, fazilatli hadislarni aytishga ahli ilmlarning barchalari ruxsat berishgan. Fasl: Mutavalliy aytdilar: «Agar eshitmaydigan karga salom berilsa, u tushunadigan salom lafzi ila beriladi. U anglashi uchun qo‘l bilan ishora qilib bo‘lsa ham, salom beriladi. Ana shunda javobga haqdor bo‘linadi. Agar ular orasi jamlanmasa, javobga haqdor |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling