Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Izn so‘rash to‘g‘risida
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 27-oyat); «U osmonlar va yerni hamda ularning orasidagi barcha narsalarni olti kunda yaratib, so‘ngra Uz arshiga o‘rnashgan Zotdir. U Rahmondir. Bas, U zot
219-bob Izn so‘rash to‘g‘risida Alloh taolo aytadi: «Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizgacha kirmanglar. Mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir. Shoyad eslatma-ibrat olsangizlar» (Nur surasi, 27-oyat); «U osmonlar va yerni hamda ularning orasidagi barcha narsalarni olti kunda yaratib, so‘ngra Uz arshiga o‘rnashgan Zotdir. U Rahmondir. Bas, U zot haqida ogoh-bilimdon (kishilar)dan so‘rang!» (Nur surasi, 59-oyat). 640/1. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Izn so‘rash uch martadir. Agar izn berilsa, kirgin. Agar berilmasa, qaytib ketgin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 641/2. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Izn so‘rash ko‘z (tushishining oldini olish) sababidan joriy qilindi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Uch bor izn so‘rashni ko‘p jihatdan rivoyat qildik. Sunnatda avval salom beriladi. So‘ngra izn so‘raladi. Eshik oldida turganda ichkaridagi kishiga qaralmaydi. So‘ngra «Assalomu alaykum, kiraveraymi?» deyiladi. Agar biror kishi javob qilmasa, ikki va uch marta aytiladi. Yana biror kishi javob bermasa, qaytib ketiladi. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 177 642/3. Tobe’inlardan Ruba’iy ibn Hiroshdan rivoyat qilinadi: «Menga Bani Omir qabilasidan bo‘lgan bir kishi gapirib berdi. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uydaliklarida oldilariga kirishga izn so‘rab, «Kiraveraymi?» dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xodimlariga: «Buning oldiga chiqib, izn so‘rashni va «Assalomu alaykum, kiraveraymi?» deyishni o‘rgat», dedilar. U kishi buni eshitib turgan edi. Bas, «Assalomu alaykum, kiraveraymi?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga izn berdilar, u kirdi». Abu Dovud rivoyatlari 643/4. Kalada ibn Hanbaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib, oldilariga kirdim-da, salom bermadim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaytib, boshidan «Assalomu alaykum, kiraveraymi?» degin», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. Mana shu salomni izn so‘rashdan oldin keltirganimiz to‘g‘ridir. Morudiy aytishlaricha, bu uch ko‘rinishdadir. Birinchisi, yuqoridagi (ya’ni, avval salom, keyin izn). Ikkinchisi, izn so‘rashni salomdan oldin qilish. Uchinchisi, ixtiyoriy, agar izn so‘rovchining ko‘zi xonadon sohibiga kirishdan oldin tushadigan bo‘lsa, salomni avval beradi. Agar ko‘zi tushmasa, izn so‘rashni oldin qiladi. Fasl: Agar biror kishidan kirishga salom ila izn so‘ralsa yoki eshikni taqillatilsa va ichkaridan «Kimsan?» deyilganida, «Falonchi o‘g‘li falon» yoki «Falon faloniy» yo «Taniqli falonchi» kabi tom ma’noda tanitish lozim bo‘ladi. Ammo «men» yoki «bir bola» yoki «xodimingiz» yoki «do‘stlaringizdan biriman» kabi so‘zlarni aytish makruhdir. 644/5. Mashhur Isro hodisasida kelgan hadisda keltirilishicha, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men Jabroil (alayhissalom) bilan dunyo osmoniga ko‘tarilganimda, uning ochilishini talab qildilar. «Bu kim?» deyilganida, «Jabroil», dedilar. «Sen bilan birga kim?» deyilganida, «Muhammad» (alayhissalom), dedilar. So‘ngra ikkinchi va uchinchi va qolganlariga ko‘tarilganlarida, har bir osmonda «Bu kim?» deyildi, «Jabroil», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 645/6. Abu Musoning (r.a.) hadislarida keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bi’ru bo‘ston», degan joyda o‘tirganlarida, Abu Bakr (r.a.) kelib izn so‘radilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kim?» dedilar. «Abu Bakrman» dedilar. So‘ngra Umar (r.a.) kelib izn so‘radilar. Rasululloh «Kim?» dedilar. «Umarman», dedilar. So‘ngra Usmon (r.a.) ham shu singari qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 646/7. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib, eshiklarini taqillatdim. U zot: «Kim bu?» dedilar. «Men», deb aytdim. Shunda u zot «men», «men», deb go‘yoki karih ko‘rgandek aytdilar». Fasl: Agar xitob qilingan kishi undan boshqasini bilmaydigan narsa bilan o‘zini sifatlasa, zarari yo‘qdir. Masalan, o‘zini viqor suratida «men falon muftiy» yoki «qozi» yo «falon shayx» va shunga o‘xshash narsalar bilan. 647/8. Ummu Hone’ Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borsam, u zot g‘usl qilayotgan ekanlar. Fotima esa to‘sib turgan Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 178 ekan. Shunda u zot: «Bu kim?» dedilar. Men: «Ummu Hone’man», dedim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 648/9. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Kechalarning birida ko‘chaga chiqsam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yakka o‘zlari ketayotgan ekanlar. Men ham oyning soyasida ketayotsam, men tomonga burildilar-da va meni ko‘rib qoldilar. «Kim bu?» dedilar. «Abu Zarrman», dedim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 649/10. Abu Qatoda al-Horis ibn Rib’iydan (r.a.) rivoyat qilingan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mo‘‘jizalarini hamda ilmlarning barchasini o‘z ichiga oluvchi idishdagi suv haqidagi hadisda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshlarini ko‘tarib, «Kim bu?» dedilar. Men: «Abu Qatodaman», dedim. Imom Muslim rivoyatlari. Bunga o‘xshash hadislar ko‘p. Buning sababi unga bo‘lgan ehtiyoj va faxrlanishni iroda etmaslikdir. Mana shu ma’noga yaqin bo‘lgan hadislar ham bor. Ulardan: 650/11. Abu Hurayradan (r.a) rivoyat qilinadi: «Men: «Ey Rasululloh, Allohga duo qiling, Abu Hurayraning onasini hidoyat qilsin», dedim. (Hadisni davom ettirib) u zotning huzurlariga qaytib, «Ey Allohning rasuli, Alloh duoingizni ijobat qilib, Abu Hurayraning onasini hidoyat qildi», dedim». Imom Muslim rivoyatlari. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling