Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
196 ISMLAR KITOBI 237-bob Tug‘ilganlarga ism qo‘yish haqida Bolaga yettinchi kunida yoki tug‘ilgan kunida ism qo‘ymoq sunnatdir. 720/1. Amr ibn Shu’aybdan (r.a.), u zot otalaridan, otalari esa bobolaridan qilgan rivoyatlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bolaga yettinchi kuni ism ko‘yishga va turli aziyat beruvchi narsalarni olishga hamda jonliq so‘yishga buyurdilar. Termiziy kitoblarida rivoyat qilganlar. 721/2. Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir bola tug‘ilganida yettinchi kuni jonliq so‘yib aqiqa qilinishiga, sochi oldirilishiga va ism qo‘yilishiga garovdir», dedilar. (Ya’ni, bular ota-onaning burchlaridir.) Abu Dovud , Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar rivoyati. Ammo tug‘ilgan kuni ism qo‘yilishiga yuqoridagi Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilingan 719-raqamli hadis dalildir. 722/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men kechalarning birida o‘g‘il farzand ko‘rdim. Uni otamiz Ibrohim alayhissalom ismlari ila nomladim», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 723/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Otam Talha o‘g‘il farzand ko‘rganlarida, men uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib bordim. U zot uning tanglayini ko‘tarib, xurmo ko‘yib ko‘ydilar va Abdulloh deb ismladilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 724/5. Sahl ibn Sa’d as-Sa’idiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Munzir ibn Abu Usayd tug‘ilganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib kelindi. U zot bolani tizzalariga o‘tqazdilar. Otalari Abu Usayd esa o‘ltirgan edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldilaridagi nimagadir chalg‘idilar-da, bolani unutib qo‘ydilar. Shunda otalari Abu Usayd ishora qilgan edi, bola Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tizzalaridan ko‘tarib olib ketildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam avvalgi holga qaytib, «Bola qani?» dedilar. Otasi: «Ey Rasululloh, biz uni (o‘z makoniga) qaytarib yubordik», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uning ismi nima?» deganlarida, «Falonchi», deyildi. Shunda u zot: «Yo‘q! Uning ismi Munzirdir», dedilar. Shu kundan boshlab uning ismi Munzir bo‘lib qoldi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling