Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Tasbeh («Subhanalloh»), tahlil («La ilaha illalloh») lafzlari bilan
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
311-bob Tasbeh («Subhanalloh»), tahlil («La ilaha illalloh») lafzlari bilan taajjublanish joizligi haqida 864/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot junubliklarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yo‘liqdilar. Shunda hech kimga bildirmay ketdilar-da, g‘usl qilib keldilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa bu zotni yo‘qotib qo‘ydilar. Kelgan vaqtlarida «Qaerda eding, ey Abu Hurayra?» dedilar. Bu zot: «Ey Rasululloh, siz menga yo‘liqqaningizda men junub edim, shuning uchun yuvinmagunimcha siz bilan o‘tirmoqni karih ko‘rdim», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Subhanalloh, mo‘min kishi najas bo‘lmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 865/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hayzdan tozalanish haqida so‘raganida, u zot qanday tozalanishni (quyidagicha) buyurdilar: «Xushbo‘y bir parcha (latta)ni olasan-da, u bilan poklaysan», dedilar. U ayol: «Qanday qilib tozalayman?» deganida, u zot: «U bilan tozalaysan», dedilar. U yana: «Qanday qilib?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Subhanalloh, tozalaysan-da», dedilar. Men u ayolni o‘zimga tortdim-da, «Qonning izidan uni ergashtirib (artasan)», dedim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 866/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rubay’ning singlisi Ummu Horisa bir kishini jarohatlab ko‘ydi. Shunda ular xusumatlashib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borishdi. U zot: «Qasos, qasos», dedilar. Ummu Rubay’: «Ey Rasululloh, falon ayolga jazo berasizmi? Allohga qasamki, ayol jazolanmaydi», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Subhanalloh! Ey Ummu Rubay’, qasos olish Allohning buyrug‘idir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 867/4. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Asirga olingan bir ayolning qissasi haqidagi uzun hadisda keltirilishicha, u ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tuyalarini minib asirlikdan qochib ketdi. Va agar Alloh uni qutqarsa, o‘sha tuyani Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 231 so‘yishni nazr qildi. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga zikr qilinganida: «Subhanalloh! Mukofot qilgan narsasi muncha ham yomon», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 868/5. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilingan izn so‘rash haqidagi hadisning oxirida Umarga (r.a.): «Ey Ibn Xattob, siz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalariga azob beruvchi bo‘lmang», deganlarida, u zot: «Subhanalloh! Men eshitgan narsamni ishonchli qilmoqni mahbub ko‘rdim xolos», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 869/6. Abdulloh ibn Salomdan (r.a.) rivoyat qilingan uzun hadisda u zotga «Siz jannat ahlidanmisiz?» deyilganida, «Subhanalloh, biror kishiga bilmagan narsasini aytmog‘i lozim emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling