Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Shafe’lik (vositachi bo‘lish va himoya qilish) haqida
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
309-bob Shafe’lik (vositachi bo‘lish va himoya qilish) haqida
Bilingki, agar shafe’lik biror had (shar’iy jazo) yoki muhim ishlarda bo‘lmasa, boshliq va ularga haqdorlarning shafe’ bo‘lishlari mahbub amaldir. Agar had va unga o‘xshash muhim ishlarda bo‘lsa, shafe’ bo‘luvchiga ham, shafe’ bo‘linganga ham uni bilib turib harakat qilganga ham haromdir. Bunga Qur’onda, hadisda va ummat ulamolari so‘zlarida dalillar ko‘p. Alloh taolo Niso surasining 85-oyatida: «Kim (odamlar orasida) chiroyli - haq taraf olish bilan taraf olsa, o‘ziga ham uning savobidan bir ulush tegur. Kim nohaq taraf olish bilan taraf olsa, o‘zi uchun uning gunohidan bir ulush tegur. Alloh hamma narsaga qodir bo‘lgan Zotdir», deb aytgan. 861/1. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga biror hojattalab kishi kelsa, atroflaridagi o‘ltirganlarga yuzlanib, «Shafe’ bo‘linglar, ajr olasizlar va Alloh nabiysining tili bilan yaxshi ko‘rgan narsasini hukm qildiradi», dedilar. Ba’zi rivoyatlarda «xohlagan narsasi» bo‘lib kelgan. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Abu Dovudning rivoyatida: «Alloh nabiysining tilida xohlagan narsasini hukm qilish uchun va ajr olish uchun menga shafe’ bo‘linglar», deb kelgan. Bu rivoyat Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlarini yanada ravshanlashtirib beradi. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 229 862/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Barira va uning eri haqida keltirilgan qissada Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Bariraga: «Agar o‘z eringga murojaat qilsang yaxshi bo‘lardi», deganlarida, Barira: «Ey Rasululloh, erimga qaytishni buyurasizmi?», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shafe’ (vositachi) bo‘laman xolos», dedilar. Barira esa: «Erimga menda hojat yo‘q», dedi. Imom Buxoriy rivoyatlari. 863/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Uyayna ibn Hisn ibn Huzayfa kelib, akasining o‘g‘li Hirr ibn Qaysning uyiga tushdi. U Umarning (r.a.) yaqinlaridan va yoshlar orasidagi maslahatdosh hamda majlisdoshlaridan edi. Uyayna jiyaniga: «Ey akamning o‘g‘li, amir bilan tanishliging bor. Uning huzuriga kirishga men uchun izn olib ber», dedi. Jiyani izn so‘raganida Umar (r.a.) kirishga izn berdilar. Uyayna kirib, «Ey Ibn Xattob, Allohga qasamki, bizga mukofot bermaysan, adolat bilan hukm qilmaysan», dedi. Shunda Umar (r.a.) g‘azablanib, uni jazolamoqchi ham bo‘ldi. Hirr oraga tushib: «Ey mo‘minlar amiri, albatta Alloh taolo payg‘ambariga «Marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring», degan, amakim o‘sha toifa johillardandir», deb aytganida, Allohga qasamki, Umarga (r.a.) mazkur oyat tilovat qilingan paytda g‘azabidan tushdi va Alloh taolo hukmiga itoat qilib jazolamadi. Imom Buxoriy rivoyatlari. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling