Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Maslahatga chorlash haqida
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
305-bob Maslahatga chorlash haqida Alloh taolo Oli Imron surasining 159-oyatida: «Ishlaringizda maslahat qilinglar», deb aytgan. Bu haqda sahih, mashhur hadislar ko‘pdir. Mana shu oyati karimaning o‘zi hamma narsadan behojat qiladi. Chunki Alloh taolo kitobida ochiq bir narsani buyursa, nabiysini maslahat qilish haqida ogoh etgan. Maxluqlarning eng mukammaliga (ya’ni, Rasulullohga) shunday qilishni buyurgandan keyin boshqalarga gumoning qanday? Bilingki, bir ishni qasd qilgan kishining dini, tajribasi, mohirligi, taqvosi va mehribonligiga ishonilgan shaxs bilan maslahatlashmoqligi mahbub amaldir. Jamoatda ham mazkur ishlarda maslahatlashish, ularga ana shu ishdagi maqsadini tanishtirish va undagi yaxshilik hamda fasodlarni bayon etish mahbub amaldir. Qozi va sultonlarga o‘xshash omma ishlarida boshliqlarning maslahat bilan ish yuritmoqlari ta’kidlangan. Umar ibn Xattob (r.a.) sahobalar ila maslahatlashib, ularning so‘zlariga amal qilganlari mashhurdir. Bu haqda sahih hadislar vorid bo‘lgan. Maslahatchining maslahati, yuqorida zikr qilganimizdek ishora qilgan narsasida fosid narsa bo‘lmasa, undan maslahatini qabul qilish foydalidir. Maslahat beruvchi ham fikrini aytib, nasihat ila o‘z kuchini ayamasligi lozim. 849/1. Tamiym ad-Doriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Din xayrixohlikdir», deganlarida, sahobalar: «Kim uchun, ey Rasululloh?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, kitobiga, rasuliga va musulmonlar imomi hamda ommasiga», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. (Allohga bo‘lgan xayrixohlik - Unga imon keltirib, amrlarini bajarish, qaytariqlaridan qaytish. Kitobiga bo‘lgan xayrixohlik - undagi narsalarga bo‘ysunib, tilovat qilish. Rasuliga bo‘lgan xayrixohlik - u olib kelgan risolatni tasdiqlash. Musulmonlar imomiga bo‘lgan xayrixohlik - haq bo‘lsalar, ularga yordam berib, itoat qilish. Ommaga bo‘lgan xayrixohlik -ularga amru-ma’ruf, nahiy-munkar qilish hamda aziyat bermaslik bilan bo‘ladi... - tarj.) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling