Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Majlisdagilar olim hamda voizning so‘zini jim turib eshitishi haqida
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
302-bob Majlisdagilar olim hamda voizning so‘zini jim turib eshitishi haqida
844/1. Jarir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Vido hajida menga: «Odamlarni jim qil», dedilar, so‘ngra u zot: «Mendan keyin ba’zilaringiz ba’zilaringizni gardaniga (qilich bilan) urib kufrga qaytib ketmanglar», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 225 303-bob Ergashiladigan kishining aslida to‘g‘ri, lekin zohiridan xilofga o‘xshagan ish qilsa, aytadigan narsalari haqida Bilingki, olim, muallim, qozi, muftiy, shayx, murabbiy va ularga o‘xshash ergashiladigan kishilarning zohiri to‘g‘rilikka xilof bo‘lgan turli amal, so‘z va tasarrufotlardan, agar ular haqli bo‘lishsa ham, chetlanmog‘lari mahbubdir. Chunki ana shuni qilsalar, fitna-fasod ishlar kelib chiqadi. Ergashiladigan kishi biror amal qilsa, u amali shariat yoki doimiy amal qilinadigan bir ish bo‘lib qoladi. Endi mana shu kabi ishlarni qilgudek bo‘lsa kishilar orasida uni noqislikda ayblab, tillarini tiya olmaydiganlari bordir. Va yana kishilar orasida ular haqida yomon gumon qilib, boshqalarni ham ularning fatvosiga amal qilish botil ekanini aytuvchi, shahodati va rivoyati yaroqsiz bo‘lib, ulardan ilm olishdan nafratlantiruvchilar ham bordir. Bu ayblovlardan keyin kishilar ular aytayotgan ilmlarga amal qilishdan o‘zini tortadi. Bu amallar fasod bo‘lib, bunaqa narsalarning hatto bittasidan ham chetlanmoq lozim. Bordi-yu, mana shunaqa narsani bajarishga muhtoj bo‘lib qolsa, uni zohir qilmaydi. Agar zohir qilsa yoki zohir qilishda yaxshilikni ko‘rib, shariatning hukmi joiz ekanini bildirish bo‘lsa, quyidagi so‘zlarni aytmoq lozim bo‘ladi: «Men amal qilayotgan narsa harom emas. Buni harom emasligini bildirish uchun qildim, xolos. Bu qilganim unday yoki bunday dalilga asoslangandir», deb dalillarni zikr qiladi». 845/1. Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam minbar ustida turib yerdagi namoz o‘quvchilarga takbir aytganlarini ko‘rdim. So‘ngra (sajdani yerda qilgandan keyin) yana minbarga qaytib, namozlarini tugatdilar. Keyin kishilarga yuzlanib: «Ey insonlar, men buni sizlar men bilan namozni tamomlashingiz hamda namozimdan ta’lim olishingiz uchun qildim xolos», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Buxoriydan qilingan rivoyatda keltirilishicha, Ali (r.a.) tik turib ichimlik ichdilar-da, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni ko‘rib turganlaringizdek tik turib ichayotganlarini ko‘rdim», dedilar. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling