300-bob Otda o‘rnasha olmagan kishining duosi
841/1. Jarir ibn Abdulloh al-Bajaliydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamga otda o‘rnasha olmasligimdan shikoyat qilganimda qo‘llari bilan ko‘kragimga
urib,
«Allohumma sabbithu vaj’alhu hadiyan mahdiyya», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Allohim, uni
(otda) mustahkam turuvchi sabotli va hidoyatli qilginki, o‘zgalarni ham hidoyatga
yetaklovchilardan bo‘lsin».) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
301-bob Olimning kishilar tushunmaydigan narsani gapirmog‘idan yoki
ma’nosini o‘zgartirib maqsadning xilofiga undab qo‘yishidan qo‘rqib, uni man
qilish haqida
Alloh taolo Ibrohim surasining 4-oyatida: «Biz har bir payg‘ambarni
(hukmlarimizni) bayon qilib berishi uchun o‘z qavmining tili bilan (so‘zlaydigan
qilib) yuborganmiz», deb aytgan.
842/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muoz (r.a.) jamoat bilan bo‘lgan namozni
uzaytirgan paytlarida unga: «Ey Muoz, sen fitnachimisan?» dedilar. Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
843/2. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Odamlarga biladigan narsalari ila
gapiringlar. Sizlar ularning Alloh va rasulini yolg‘onga tutishini yaxshi ko‘rasizlarmi?»
dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |