«Kim Allohning qonunlarini hurmat qilsa, bas, albatta (bu hurmat) dillarning
taqvodorligi sababli bo’lur».
74/1. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Masjid
nima uchun qurilgan bo’lsa, o’shanga asoslangandir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari
75/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga bavl
qilgan a’robiyga: «Masjidda bavl etish yoki ifloslik qilish durust emas. Balki unda Alloh
zikr qilinadi, Qur’on o’qiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari
Ba’zi birodarlarimiz aytishadiki: «Kim masjidga kirib, tahorati yo’qligi yoki ishi zarurligi
tufayli «Tahiy-yatul masjid» namozini o’qiy olmasa, to’rt marta «Subhanallohi valhamdu
lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar», deb aytishi mustahabdir. Ba’zi salaf olimlari
shunday qilishgan. Unda zarar yo’qdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |