Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Masjidga kirayotganda va undan chiqayotganda o’qiladigan duolar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
20-bob. Masjidga kirayotganda va undan chiqayotganda o’qiladigan duolar
Masjidga «A’uzu billahil ‘aziym va bivajhihil kariym va sultonihil qodiym minash shaytonir rojiym. Alhamdu lillah. Allohumma solli va sallim ‘ala Muhammadin va ‘ala ali Muhammad. Allohummag’firliy zunubiy vaftahliy abvaba rohmatik» (Ulug’ Allohning karim sifatli yuzi va azaliy sultonligi bilan shaytondan panoh tilayman. Allohga hamd bo’lsin. Allohim, Muhammadga va u zotning oilalariga salovot va salomlar yog’dir. Ey Rabbim, gunohlarimni kechir va menga rahmating eshiklarini och), deb, bismillohni aytib, o’ng oyoq bilan kiriladi. Chiqishda esa, avval chap oyoq qo’yiladi. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 26 69/1. Abu Humayd yoki Abu Usaydlardan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar birortangiz masjidga kirsa, Rasulullohga salom aytib, so’ng: «Allohummaftah liy abvaba rohmatik», deb aytsin. Chiqqanida esa: «Allohumma inniy as`aluka min fazlik», desin». (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sening fazlingni so’rayman.) Bu hadisni Imom Muslim rivoyat qilganlar. Lekin u zotning rivoyatlarida «Rasulullohga salom aytsin», degan lafz yo’q. Ibn Sunniy bu rivoyatga «Allohumma a’izniy minash shaytonir rojiym» (Ey Rabbim, meni la’nati shaytondan saqla), jumlasini ziyoda qilganlar. 70/2. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga kirsalar: «A’uzu billahil ‘aziym va bivajhihil kariym va sultonihil qodiym minash shaytonir rojiym», der edilar. Agar mana shu duo o’qilsa, shayton: «Boshqa kunlarda ham mendan muhofaza qilindi», deb aytadi». Abu Dovud rivoyatlari 71/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga kirganlarida ham, chiqqanlarida ham: «Bismillah, Allohumma solli ‘ala Muhammadin» (Alloh nomi bilan. Ey Allohim, Muhammadga salovot yog’dir), deb aytar edilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 72/4. Abdulloh ibn Hasan onalaridan, onalari momolaridan rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga kirsalar, Allohga hamd aytib, bismillah, der edilar. So’ngra: «Allohummag’fir liy vaftahliy abvaba rohmatik»ni o’qirdilar. Masjiddan chiqsalar: «Allohummaftah liy abvaba fazlik» (Ey Allohim, menga fazling eshiklarini och), deb o’qir edilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 73/5. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom aytdilar: «Agar birortangiz masjiddan chiqishni xohlasa, iblis askarlarini chaqiradi. Va asalarilar amirlarining oldida jamlanishgandek, ular ham jamlanishadi. Shuning uchun masjid eshigi oldida tursangiz: «Allohumma inniy a’uzu bika min ibliysa va junudih» (Allohim, men iblisdan va uning askarlaridan Sendan panoh tilayman), deb aytinglar. Shunda shayton zarar bermaydi». Ibn Sunniy rivoyatlari Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling