347-bob Shoshilmasa, duo qilgan narsasi ijobat etilishiga dalil
Alloh taolo: «Bandalarim sizdan (ey Muhammad) Men haqimda so‘rasalar, Men
ularga yaqinman. Menga duo qilgan paytlarida duogo‘ylarining duosini ijobat
qilaman» (Baqara surasi, 186-oyat) va «Menga duo-iltijo qilinglar, Men sizlarga
(qilgan duolaringizni) mustajob qilurman» (G‘ofir surasi, 60-oyat), deb aytgan.
1047/1. Uboda ibn Somitdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
«Agar yer yuzidagi biror musulmon Alloh taologa duo bilan iltijo qilsa, uni Alloh unga
beradi yoki undan o‘sha mislicha yomonlikni daf qiladi. Modomiki, o‘sha musulmon
gunohni yoki qarindoshlikdan uzilishni so‘rab duo qilmasa», deganlarida, qavmdan
bo‘lgan bir kishi: «Unday bo‘lsa ko‘paytiraylikmi?» dedi. Shunda u zot: «Alloh Uzi undan
ham ko‘paytiruvchi», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Imom Hokim «Mustadrak»larida Abu Said al-Xudriydan ham xuddi shu rivoyatni
aytganlar va unga «Yoki uning mislicha ajr zaxira qiladi»ni ziyoda qilganlar.
1048/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Sizlardan biringiz oshiqmasa, ya’ni duo qildim-u ijobat bo‘lmayapti, demasa, duosi
ijobat qilinadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |