Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
41 «Allohummahdiniy fiyman hadayta va ‘afiniy fiyman ‘afayta va tavallaniy fiyman tavallayta va barik liy fiyma a’toyta va qiniy sharro ma qozoyta fainnaka taqziy va la yuqzo ‘alayka va innahu la yazillu man valayta tabarokta robbana va ta’alayt». (Ma’nosi: Ey Rabbim, hidoyat qilgan kishilaring qatori meni hidoyat qil, ofiyatda qilgan kishilaringdek meni ofiyatda qil, yordam bergan kishilaringdek menga ham yordam ber. Bergan narsalaringni menga barakali qil. Hukm qilgan narsalaringning yomonidan saqla. Sen hukm qiluvchisan. Senga hukm qilinmaydi. Senga do’st bo’lgan kishilar aslo xor bo’lmaydi. Ey Rabbim, Sen barakotli va oliy zotsan.) Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja, Bayhaqiylar rivoyati Ba’zilar Umar ibn Xattob (r.a.) rivoyatlarida kelgan quyidagi duoni o’qishni yaxshiroq deyishadi: «Allohumma inna nasta’iynuka va nastag’firuka va la nakfuruk va nu`minu bika va naxla’u may yafjuruk. Allohumma iyyaka na’budu va laka nusolliy va nasjudu va ilayka nas’a va nahfidu narju rohmataka va naxsha ‘azabaka inna ‘azabakal jidda bilkuffari mulhiq. Allohumma ‘azzibil kafarotallaziyna yasudduna ‘an sabiylika va yukazzibuna rosulaka va yuqotiluna avliyaak. Allohummag’fir lilmu`miniyna val mu`minat val muslimiyna val muslimat vaslih zata baynihim va allif bayna qulubihim vaj’al fiy qulubihimul iymana val hikmata va sabbithum ‘ala millati Rosulillah sollallohu alayhi vasallam va avzi’hum ay yufu bi’ahdikallaziy a’hadtahum ‘alayhi vansurhum ‘ala ‘aduvvika va ‘aduvvihim ilahal haqqi vaj’alna minhum». (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sendan yordam so’raymiz va Senga istig’for aytamiz, kufr keltirmaymiz, Senga iymon keltirib, Senga fojirlik qiladiganlardan chetlanamiz. Ey Allohim, Senga sajda qilib, namoz o’qib, ibodat qilamiz. Harakat etib, Senga intilamiz. Rahmatingni umid qilamiz, azobingdan qo’rqamiz. Albatta, haqiqiy azobing kofirlarga ro’para qilinuvchidir. Ey Allohim, Sening yo’lingdan to’sadigan, rasullaringni yolg’onchiga chiqaradigan va do’stlaringni o’ldiradigan kofirlarni azobla. Ey Rabbim, mo’min-musulmon erkaklarning va mo’mina- muslima ayollarning gunohlarini kechir. Ularning oralarini isloh etib, qalblarini ulfat qil, qalblariga iymon va hikmat urug’larini soch. Ularni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam millatlarida sobitqadam qil va ahdlashgan narsalarida Sening ahding bilan vafo qilishni ularga nasib et. O’zingning va ularning dushmanlariga qarshi ularga yordam ber. Ey haq Iloh, bizni ulardan (ya’ni, nusrat berilganlardan) qil.) Imom namozda bu duolarni o’qiyotganida, faqat o’ziga xoslab emas, balki jamoat uchun qiladi. Rasululloh alayhissalom quyidagi hadislarida shunday qilishga buyurganlar. 132/3. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Qavmga imom bo’lgan kishi duoda o’zini xoslab olmasin. Agar shundoq qiladigan bo’lsa, jamoatdagilarga xiyonat qilibdi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari (Masalan, imom «gunohlarimni kechir», demasdan, «gunohlarimizni kechir», deb ko’plik lafzida aytadi. – Tarjimon.) Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling