41-bob. Sajdadan boshini ko’targanda va ikki sajda orasida o’qiladigan duolar
128/1. Huzayfa (r.a.) rivoyat qilib aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tungi
namozda qiyomni uzun qilib, Baqara, Niso, Oli Imron suralarini o’qirdilar. Ruku’lari va
sajdalari qiyom miqdoricha bo’lar edi. Ikki sajda o’rtasida:
«Robbig’firliy, robbig’firliy» (Rabbim, meni mag’firat et), der va orada sajda miqdoricha
o’tirar edilar». Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy, Bayhaqiylar rivoyati
129/2. Ibn Abbos (r.a.) xolalari Maymuna (r.a.) uylarida yotib qolganlarida,
Rasulullohning tungi namozlari haqida ko’rganlarini quyidagicha rivoyat qiladilar:
«Rasululloh sajdadan boshlarini ko’tarsalar:
«Robbig’firliy varhamniy vajburniy varfa’niy varzuqniy vahdiniy va ‘afiniy», deb aytar
edilar». (Ma’nosi: Ey Rabbim, gunohlarimni kechir, menga rahm qil, menga yordam ber,
meni oliy martabalarga ko’tar, menga rizq ber, meni hidoyatda va ofiyatda qil.)
Bayhaqiy va Abu Dovud rivoyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |