Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
«Ertayu kech Parvardigorlarining yuzini istab Unga iltijo qiladigan zotlarni
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
«Ertayu kech Parvardigorlarining yuzini istab Unga iltijo qiladigan zotlarni
(huzuringizdan) haydamang!» (An’om, 52-oyat); «U (masjidlarda) ertayu kech U zotni poklaydigan kishilar bordirki, ularni tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohni zikr qilishdan mashg’ul qila olmas» (Nur, 36- oyat). 170/1. Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim sayyidul istig’for – «Allohumma anta robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana ‘abduka va ana ‘ala ‘ahdika va va’dika mastato’tu a’uzu bika min sharri ma sona’tu, abu`u laka bini’matika ‘alayya va abu`u bizambiy fag’firliy fainnahu la yag’firuz zunuba illa anta»ni kechki payt aytib, tong otgunicha vafot etsa, jannatga kiradi. Kim tongda aytib, shu kuni vafot etsa, unda ham jannatga kiradi», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen parvardigorimsan, Sendan boshqa iloh yo’q. Meni xalq qilding va men Sening qulingman. Men Senga bergan va’damda va Senga bergan ahdimda qodir bo’lganimcha turibman. Qilgan narsalarimning yomonidan Sening noming bilan panoh tilayman. Menga ato qilgan ne’matlaringga iqror bo’ldim. Va yana gunohlarimga ham iqror bo’ldim. Mening gunohlarimni kechir. Chunki Sendan boshqasi gunohlarni kechira olmaydi.) Imom Buxoriy rivoyatlari 171/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ertalab yoki kechqurun: «Subhanallohi va bihamdihi», (Allohga hamd aytish bilan Uni aybu nuqsonlardan poklab yod etaman), deb yuz marta aytsa, qiyomat kuni biror kishi undan afzal bo’lmaydi. Faqat ana shu kishi aytganidek yoki undan oshirib aytsagina, bo’lishi mumkin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari Abu Dovudning rivoyatlarida: «Subhanallohil ‘aziym va bihamdihi», deb kelgan. 172/3. Abdulloh ibn Hubayb (r.a.) aytadilar: «Biz zulmatli yomg’irli kechada Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namoz o’qib berishlari uchun u zotni axtarib ko’chaga chiqdik. U zotni topganimizda, «Ayt», dedilar. Men hech bir narsa ayta olmadim. So’ngra yana: «Ayt», dedilar. Men hech narsa yta olmadim. So’ngra yana: «Ayt», dedilar. Men: «Ey Rasululloh, nimani aytaman?» dedim. Shunda Rasululloh: «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq», «Qul a’uzu birobbinnas» suralarini kechki payt va ertalab uch martadan aytsang, senga har bir narsada kifoya qiladi», dedilar». Abu Dovud, Termiziy, Nasoiylar rivoyati 173/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tong otganida: «Allohumma bika asbahna va bika amsayna va bika nahya va bika namutu va ilaykan nushur» (Allohim, Sening noming ila tong ottirdik, Sening noming ila kech kirgizdik. Sening noming ila tirilamiz va Sening noming ila o’lamiz. Va Senga qaytajakmiz), der |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling