Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


 Iste’molchi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar. Mahsulotga


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/100
Sana17.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1783058
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   100
Bog'liq
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

2 Iste’molchi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar. Mahsulotga 
qo‘yiladigan talablarni aniqlash
Tashkilot:
a) mahsulotga iste’molchi tomonidan qo‘yiladigan talablarni
shu hisobda mahsulotni yetkazib berish va sotib bo‘lingandan 
keyingi xizmat ko‘rsatishga qo‘yiladigan talablarni;
b) iste’molchi tomonidan belgilanmagan, lekin berilgan yoki 
mo‘ljallangan maqsadlar uchun qo‘llaniladigan talablarni;
v) mahsulotga qo‘llaniladigan qonunchilik va majburiy 
talablarini;
g) tashkilot tomonidan zaruriyat sifatida tan olingan ixtiyoriy 
o‘zga talablarni belgilash kerak.
108


Izoh: yetkazib berilgandan so‘nggi harakatlarga masalan, 
kafolat muddati davomida xizmat ko‘rsatish, texnikaviy xizmat 
ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari va qayta ishlash yoki 
utillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlar kiradi.
Tashkilot iste’molchilar talablari, ehtiyojlari va istaklarini 
aniqlash tartibini belgilashi kerak. Iste’molchilar talablari mahsulot 
ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirishda aniqlanishi va hujj at 
bilan tasdiqlanishi kerak.
Ishlab chiqarilayotgan va ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan 
har bir mahsulot turi bo‘yicha, ma’lum sotish bozorlari va alohida 
toifa iste’molchilar bo‘yicha iste’molchilar talablarini tadqiq qilish 
tashkilot marketing faoliyati jarayonida amalga oshiriladi.
Aniq iste’molchilar bilan o‘zaro aloqa vaqtida tashkilot, 
butlash, yetkazib berish usuli va sotilgandan keyin xizmat 
ko‘rsatishga talablarni 
qo‘shgan holda barcha talablaming 
hujjatlashtirilishini ta’minlashi kerak.
Agar iste’molchi hujjatli rasmiylashtirilmagan talablarni 
qo‘ymasa, tashkilot yetkazib berilayotgan mahsulotga taalluqli 
barcha xususiyatlarni kontrakt (shartnoma) imzolangungacha 
rasmiylashtirish va iste’molchi bilan kelishishga intilishi kerak.
Tashkilot 
buyurtma 
berilgan 
mahsulotga 
standartlarni 
ishonchlilik, ta’mirlashga yaroqlilik, yaroqlilik muddatlari, saqlash 
muddatlari, xizmat muddatlari, xavfsizlik va mahsulot tavsiflari 
bo‘yicha boshqa talablarini qo‘shgan holda, qonun va majburiy 
talablarni belgilashi kerak.
Mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirishgacha, 
tashkilot 
yetkazib 
berish 
uchun 
mo‘ljallangan 
mahsulotga 
iste’molchilar va boshqa tegishli tomonlarning talablari, ehtiyojlari 
va istaklarini hisobga olgan holda, barcha talablaming to‘liq 
tushunilishini ta’minlashi kerak.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling