Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin
Layoqatlilik, o‘qitish va xabardorlik
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Infratuzilma
Layoqatlilik, o‘qitish va xabardorlik
Tashkilot: a) talablarga muvofiqlikka ta’sir qiluvchi faoliyatni amalga oshirayotgan xodimlarning layoqatliligiga qo‘yiladigan talablarni o‘rnatishi; b) imkoniyat bo‘lganda zarur layoqatlilikka erishish uchun zarur bo‘lgan o‘qitishni ta’minlashi yoki boshqa tadbirlarni ko‘rishi; v) ko‘rilgan tadbirlarning natij aliligini baholashi; g) xodimlarni ular faoliyatining o‘rni va ahamiyati haqida hamda sifat sohasida maqsadga erishishda qo‘shgan hissasi haqida xabardor qilishi; d) ma’lumoti, o‘qitish, ko‘nikmalari va tajribalari haqida yozuvlarni qayd qilib borishi kerak. Korxonada ishlovchi xodimlar korxonaning sifat sohasidagi imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim faktorlardan biri hisoblanadi. SMT samarali faoliyatini ta’minlash uchun barcha darajalarda xodimlar malakasini ta’minlash, o‘qitilishini o‘tkazish, malakasini va motivatsiyasini oshirishni ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish kerak. Tashkilotda mahsulot sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi turli ishlarni bajaruvchi xodimlar layoqatining mezonlari belgilanishi kerak: - zarur ma’lumot; - malaka; - maxsus guvohnomalar, sertifikatlar, litsenziyalar mavjudligi; - maxsus tayyorgarlik; - ishchilar razryadlari. Tashkilot turli faoliyat turlarini amalga oshiruvchi ishchilarning 104 alohida toifalari layoqatliligini davriy baholash zaruriyatini belgilashi kerak. Layoqatlilikning davriy baholanishi xodimlarni attestatsiyasi va sertifikatsiyasi, malaka imtihonlari va h.k. o‘tkazilishi yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Tashkilotda asosiy toifa ishchilarni o‘qitishga ehtiyojni aniqlash tartibi va tayyorlash va qayta tayyorlash tartibi, malakani uzluksiz oshirish, xodimlarni qayta tayyorlash, o‘qitishni tashkil qilish va olingan bilimlarni baholash rejalarini shakllantirish tartibi o‘rnatilishi kerak. Tashkilotda xodimlar o‘qitish va malakasini oshirish samaradorligini baholash va xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish hisobiga tashkilot faoliyatini yaxshilash usullari ishlab chiqilishi kerak. 3. Infratuzilma Tashkilot mahsulotga qo‘yiladigan talablarga uning muvofiqligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani aniqlashi, yaratishi va ishchi holatda saqlashi lozim. Infratuzilma; a) imoratlar, ishlab chiqarish xonalari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan vositalarni; b) jarayonlarni amalga oshirish uchun asbob-uskunalar (texnik va dasturiy vositalar) ni; v) ta’minot xizmatlari (transport, aloqa yoki axborot tizimlari kabi) ni o‘z ichiga olishi mumkin. Tashkilot infratuzilmasi ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Tashkilotda infratuzilmani tegishli holatda ushlab turish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi bo‘linmalar aniqlanishi kerak. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling