Tuzuvchi: o`qt Turayev. O REJA: - Sifat tushunchasi mohiyatini yoritib berishning zamonaviy yondashuvlari.
- «Mehmonxona xo`jaligida xizmatlar sifatini boshqarish“ fanining predmeti, mazmuni, maqsad va vazifalari.
- Mehmonxona xo`jaligida xizmatlar sifatini boshqarish fanni o'qitishning zarurati.
Sifat tushunchasi mohiyatini yoritib berishning zamonaviy yondashuvlari. - «Xizmatning sifati» tushunchasini talqin qilishga nisbatan har xil
yondashuvlar mavjud. ISO 8402-94 «Sifatni boshqarish va ta'minlash. « Lug'at» xalqaro standartida berilgan ta'rif ayniqsa ko`p qo'llanadi: «Xizmatning sifati - xizmatning belgilangan yoki taxmin qilingan ehtiyojlarini qondirish qoblliyatini ta'minlovchi xususiyatlari majmui». ISO 8402-94 - ISO 8402-94 xalqaro standartida «xizmat ko'rsatish sifati» atamasi ham qabul qilingan bo'lib, unga iste'molchining aniglangan yoki taxmin qilingan ehtiyojlarini qondirish imkonini beruvchi xizmat ko'rsatish Jarayonining o'ziga xos xususiyatlari va shartlari ma`qul deb qaraladi.
- Xizmatning muayyan ehtiyojlari qondirish qobillyatini ta'minlovchi eng muhim xususivatlariga quyidagilar kiradi:
- ishonarlilik;
- jonkuyarlik;
- ishonchlilik;
- tezkorlik;
- kommunikativlik;
- seriltifotlilik
Ishonarlilik - Ishonarlilik - deganda xodimlarning vada qilingan xizmatni aniq ko'rsatish qobillyati tushunlladi. Sifatli xizmat ko'rsatish dasturini ishlab chiqish ishonarlilikni ta'minlashdan boshlanishl lozim. Xizmat ko'rsatuvchi xodimlar kasbiy layoqati darajasining yuqoriligi ishonarlilikni ta' minlash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Xodimlaming layoqatsizligi natijasida mehmonxona obro`siga yetgan puturni mehmonxona binosini rekonstruksiya qilish va qayta jihozlashga sarflangan katta harajatlar ham, mijozga do 'stona va xushmuomala munosabat ham silliqlay olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |