Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


Reja: 1. Mahsulotning sifati ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari. 2. Sifat ko‘rsatkichlari Tayanch iboralari


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/100
Sana17.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1783058
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100
Bog'liq
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

Reja:
1. Mahsulotning sifati ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari.
2. Sifat ko‘rsatkichlari
Tayanch iboralari: texnikaviy daraja, baholash ko‘rsatkichi, 
texnikaviy topshiriq, normativ hujjat.
1. Mahsulotning sifati ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari
Texnikaviy darajani baholash - mahsulotning jahon, regional, 
milliy yoki tarmoq darajasiga javob berishini o‘rnatishdan iborat. 
Bu vazifa mahsulotning texnikaviy darajasi ko‘rsatkichini bazis 
namuna ko‘rsatkichi bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
Taqqoslash asosi qilib qabul qilingan bazis namuna - bu 
baholanayotgan mahsulot analoglari guruhidan ajratilgan va fan- 
texnikaning ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi mahsulot 
namunasidir.
Baholash natijasida mahsulotni quyidagi uchta darajadan biriga 
kiritiladi:
> Jahon darajasidan yuqori;
> Jahon darajasiga javob beradi;
> Jahon darajasiga javob bermaydi.
Baholash natijalari yangi tur mahsulotini ishlab chiqarishda 
foydalaniladi:
Texnikaviy topshiriqqa (TT) kiruvchi shartlarni asoslab 
berishda;
Normativ hujjatlarga (NH) kiruvchi shartlarni asoslab 
berishda;
Mahsulotni ishlab chiqarishga qo‘yish to‘g ‘risidagi qarorni 
qabul qilishda;
Mahsulotni 
ishlab 
chiqarishdan 
olib 
tashlash 
yoki 
almashtirishning maqsadga muvofiqligini asoslab berishda;
Mahsulotni eksporti yoki importi bo‘yicha mulohazalarning 
shakllanishida.
30


Mahsulotning texnikaviy darajasini baholash bosqichlari o‘z 
ichiga quyidagilarni oladi:
A. 
Baholash 
uchun 
zarur 
bo‘lgan 
ko‘rsatkichlar 
nomenklaturasini aniqlash:
Ko‘rsatkichlar 
nomenklaturasi 
bir 
turdagi 
mahsulot 
namunalarini, ya’ni bir xil nomdagi va bir xil maqsadda 
foydalanilaniladigan 
mahsulot 
namunalarini 
taqqoslashni 
ta’minlashi zarur. Boshqacha aytganda, ko‘rsatkichlar nomenklatu­
rasini ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda baholash maqsadlaridan 
kelib chiqib o‘rnatiladi.
Ko‘rsatkichlar nomenklaturasi klassifikatsion va baholash 
ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. Klassifikatsion ko‘rsatkichlar 
ushbu tur mahsulotining ishlatilish maqsadlari va qo‘llanish sohasini 
tavsiflaydi. Bu ko‘rsatkichlarning miqdoriga qarab jahon bozoridagi 
namunalar baholanayotgan mahsulot analoglari guruhiga kiritiladi. 
Baholanayotgan va bazis namunalarining keyingi taqqoslashlarda 
ulardan 
foydalanilmaydi, 
chunki 
ular 
mahsulot 
sifatini 
tavsiflamaydilar. Bularga mahsulotning ishlatilish maqsadlarini yoki 
qo‘shimcha moslamalaming, parametrlarning va boshqalarning 
mavjudligini aniqlovchi sifat ko‘rsatkichlari kiradi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling