Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
2. Sifat ko‘rsatkichlari
Baholovchi ko‘rsatkichlar baholanayotgan namunani bazis namuna bilan bevosita taqqoslash uchun va iste’mol xususiyatlarini, ishonchlilik, xavfsizlik, ekologik hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni baholash uchun qo‘llaniladi. B. Analoglar guruhining shakllanishi va ко ‘ rsalkichlarining ahamiyati: Analoglar guruhiga kiritilganlarning hammasi va baholana yotgan mahsulot ishlatilish maqsadlari va qo‘llanish sohasiga ko‘ra mos bo‘lishi, ya’ni bir xil guruhlovchi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi kerak. Guruhlarga quyidagilar kiradi: - ishlab chiqarishga joriy etilayotgan mahsulotni baholashda - baholanayotgan mahsulotni ishlab chiqarish davrida jahon bozoriga kelib tushishi kutilayotgan ilg’or hamda eksperimental namunalar; 31 - ishlab chiqarilayotgan mahsulotni baholashda - ko‘rsatkichlarining qiymati ularning hujjatlari yoki sinov natijalari asosida o‘rnatilgan, jahon bozorida sotilayotgan namunalar. V. Analoglar guruhidan bazis namunalami ajratish: Bazis namuna sifatida baholanayotgan ko‘rsatkichlar qiymati bo‘yicha barcha analoglarni ketma-ket jufti bilan taqqoslash usuli bilan analoglar guruhidan bazis namuna sifatida eng yaxshilari ajratib olinadi. Bazis namunalarni analoglarni jufti bilan taqqoslash usulida ajratish quyidagi amalga oshiriladi: • agar analog jami baholovchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshqa analoglardan qolishmasa, ya’ni birorta ham ko‘rsatkich bo‘yicha boshqa analogdan qolishmay, boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha ustun bo‘lmasa, u namuna sifatida tan olinmaydi va keyingi taqqoslash ishlarida ishtirok etmaydi; • agar birinchi analog ba’zi ko‘rsatkichlari bo‘yicha ustun bo‘lsa, boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa ikkinchi analog ustun bo‘lsa, bunda analoglarning ba’zi ko‘rsatkichlarining qiymati bir- biriga mos kelsa, ikkala analog ham boshqa analoglar bilan keyingi taqqoslash ishlarini bajarish uchun qoldiriladi. Analoglarni jufti bilan taqqoslash natijasida har bir baholovchi ko‘rsatkichlar to‘plamida qolganlardan ustun bo‘lgan analoglargina qoladi. Bu analoglar bazis namunalari hisoblanadi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling