Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/100
Sana17.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1783058
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   100
Bog'liq
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

Nazorat savollari
1. Mahsulot sifatini nazorat qilish turlari.
2. Mahsulotni nazorat qilish bosqichlari.
3. Mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash bosqichi.
4. Sifatni boshqarish xizmatlarining funksiyalari.
42


6-amaliy mashg‘ulot 
Mahsulot sifatini boshqarish va tahlil qilish 
statistik usullarining tizimli tahlili
Reja:
1. Sifatni tahlil qilishning statistik usullari
2. Yetti instrument usullari
Tayanch iboralari: mahsulotni tayyorlash, sifatni tahlil qilish, 
yetti instrument, jarayon, dastgoh, xizmat ko‘rsatish, diagramma.
1. Sifatni tahlil qilishning statistik usullari
1. 
Sifatni tahlil qilishning statistik usullari mamlakatimizda 
hamda chet 
ellarda sifatni boshqarish sistemalarida keng 
qo‘llaniladi.
Statistik tahlil - bu mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni va 
shartlarni tahlil qilishdir.
Sifatni nazorat qilish va tahlil qilishning ma’lumotlar manbalari 
bo‘lib quyidagilar xizmat qiladi:
1
) inspeksion nazorat: berilgan xomashyo, materiallarning 
kirish nazorati ma’lumotlarini belgilash; tayyor mahsulotlarni 
belgilab qo‘yish; oraliq nazorat ma’lumotlarini belgilash va 
boshqalar.
2) Ishlab chiqarish va texnologiya: jarayonni tahlil qilish 
ma’lumotlarini belgilab qo‘yish; qo‘llanilayotgan operatsiyalar 
to‘g‘risida kundalik ma’lumotlarni to‘plash; dastgohlarni nazorat 
qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlami (to‘g ‘rilash, ta’mirlash, texnikaviy 
xizmat ko‘rsatish) belgilab qo‘yish va boshqalar.
3) Xomashyo va materiallarni keltirish va mahsulotni sotish: 
harakatni omborxonalar orqali ro‘yxatga olish va boshqalar.
4) Boshqarish va ish yuritish: foydani hisobga olish; qaytgan 
mahsulotni hisobga olish; doimiy mijozlarga xizmat ko‘rsatishni 
hisobga olish; sotishni hisobga olish jurnali; bozomi tahlil qilish 
ma’lumotlari va boshqalar.
5) Moliyaviy operatsiyalar: debet va kreditni taqqoslash 
jadvali; zararlarni hisobga olish; iqtisodiy hisoblar va boshqalar.
43


2. 
Odatda, 
Yaponiya 
korxonalarida 
ish 
o‘rinlarida 
ma’lumotlarni tahlil qilish uchun maxsus, tushunish unchalik qiyin 
bo‘lmagan «sifatni nazorat qilishning yetti instrumenti» deb atalgan 
statistik usullardan foydalaniladi.
Ushbu yetti instrument o‘z ichiga quyidagi usullarni oladi:
1. Qatlamlashtirish;
2. Grafiklar;
3. diagramma Pareto;
4. sabab-oqibat diagrammasi;
5. gistogramma;
6
. sochilish diagrammasi;
7. nazorat kartalari.
Yuqorida sanab o‘tilgan «sifatni nazorat qilishning yetti 
instrument»i turli muammolarni hal etishda alohida yoki turli 
kombinatsiyalarda qo‘llanishi mumkin.
U yoki bu muammolarning yechilishi quyidagi sxema asosida 
amalga oshiriladi:
1
) parametrlarni 
o‘rnatilgan 
me’yorlardan 
farqlanishini 
baholash.
2) Muammoning yechilishi bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim 
omillarni tanlash.
3) Muammo yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan omillarni 
baholash.
4) Yaroqsiz mahsulotlarning pay do bo‘lishiga sabab bo‘lgan 
eng muhim omillarni baholash.
5) Natijalarni tasdiqlash.
Statistik usullarni batafsil ko‘rib chiqamiz.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling