Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-amaliy mashg‘ulot Mahsulot sifatini boshqarish va tahlil qilish statistik usullarining tizimli tahlili Reja
Nazorat savollari
1. Mahsulot sifatini nazorat qilish turlari. 2. Mahsulotni nazorat qilish bosqichlari. 3. Mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash bosqichi. 4. Sifatni boshqarish xizmatlarining funksiyalari. 42 6-amaliy mashg‘ulot Mahsulot sifatini boshqarish va tahlil qilish statistik usullarining tizimli tahlili Reja: 1. Sifatni tahlil qilishning statistik usullari 2. Yetti instrument usullari Tayanch iboralari: mahsulotni tayyorlash, sifatni tahlil qilish, yetti instrument, jarayon, dastgoh, xizmat ko‘rsatish, diagramma. 1. Sifatni tahlil qilishning statistik usullari 1. Sifatni tahlil qilishning statistik usullari mamlakatimizda hamda chet ellarda sifatni boshqarish sistemalarida keng qo‘llaniladi. Statistik tahlil - bu mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni va shartlarni tahlil qilishdir. Sifatni nazorat qilish va tahlil qilishning ma’lumotlar manbalari bo‘lib quyidagilar xizmat qiladi: 1 ) inspeksion nazorat: berilgan xomashyo, materiallarning kirish nazorati ma’lumotlarini belgilash; tayyor mahsulotlarni belgilab qo‘yish; oraliq nazorat ma’lumotlarini belgilash va boshqalar. 2) Ishlab chiqarish va texnologiya: jarayonni tahlil qilish ma’lumotlarini belgilab qo‘yish; qo‘llanilayotgan operatsiyalar to‘g‘risida kundalik ma’lumotlarni to‘plash; dastgohlarni nazorat qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlami (to‘g ‘rilash, ta’mirlash, texnikaviy xizmat ko‘rsatish) belgilab qo‘yish va boshqalar. 3) Xomashyo va materiallarni keltirish va mahsulotni sotish: harakatni omborxonalar orqali ro‘yxatga olish va boshqalar. 4) Boshqarish va ish yuritish: foydani hisobga olish; qaytgan mahsulotni hisobga olish; doimiy mijozlarga xizmat ko‘rsatishni hisobga olish; sotishni hisobga olish jurnali; bozomi tahlil qilish ma’lumotlari va boshqalar. 5) Moliyaviy operatsiyalar: debet va kreditni taqqoslash jadvali; zararlarni hisobga olish; iqtisodiy hisoblar va boshqalar. 43 2. Odatda, Yaponiya korxonalarida ish o‘rinlarida ma’lumotlarni tahlil qilish uchun maxsus, tushunish unchalik qiyin bo‘lmagan «sifatni nazorat qilishning yetti instrumenti» deb atalgan statistik usullardan foydalaniladi. Ushbu yetti instrument o‘z ichiga quyidagi usullarni oladi: 1. Qatlamlashtirish; 2. Grafiklar; 3. diagramma Pareto; 4. sabab-oqibat diagrammasi; 5. gistogramma; 6 . sochilish diagrammasi; 7. nazorat kartalari. Yuqorida sanab o‘tilgan «sifatni nazorat qilishning yetti instrument»i turli muammolarni hal etishda alohida yoki turli kombinatsiyalarda qo‘llanishi mumkin. U yoki bu muammolarning yechilishi quyidagi sxema asosida amalga oshiriladi: 1 ) parametrlarni o‘rnatilgan me’yorlardan farqlanishini baholash. 2) Muammoning yechilishi bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim omillarni tanlash. 3) Muammo yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan omillarni baholash. 4) Yaroqsiz mahsulotlarning pay do bo‘lishiga sabab bo‘lgan eng muhim omillarni baholash. 5) Natijalarni tasdiqlash. Statistik usullarni batafsil ko‘rib chiqamiz. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling