Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/100
Sana17.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1783058
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100
Bog'liq
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

5 - amaliy mashg'ulot 
Mahsulot sifatini nazorat qilish 
R e ja :
1. Mahsulot sifatini nazorat qilish
2. Nazorat turlari
3. Sifat sohasidagi ishlarni tashkil qilish
Tayanch iboralari: mahsulotning ekologikligi, sifat halqasi, 
mahsulotni tayyorlash, nazorat turlari, obyekt, rejalashtirish.
1. Mahsulot sifatini nazorat qilish
Boshqarilayotgan obyekt to‘g ‘risida ma’lumotlar to‘plash 
maqsadida sifatni nazorat qilishning zaruriyligi ГОСТ 15467-79 da 
ko‘rsatilgan: «Mahsulot sifatini boshqarish - mahsulotni ishlab 
chiqarishga tayyorlash, ishlab chiqarish, ekspluatatsiya yoki 
iste’mol sohasida mahsulot sifatida muntazam nazorat qilish va 
sifatga ta’sir qiluvchi omillarni maqsadga yo‘naltirilgan ravishda 
boshqarish orqali zaruriy sifat darajasini o‘rnatish, ta’minlash va 
saqlab turishdan iboratdir».
Mahsulotni nazorat qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi: 
haqiqatda mahsulotning holati to‘g‘risida ma’lumotlar olish (uning 
miqdoriy va sifat belgilari to‘g ‘risida); olingan ma‘lumotlarni 
oldindan o‘rnatilgan texnik shartlar bilan taqqoslash, ya’ni 
ikkilamchi ma’lumotlarni olish. Haqiqatdagi ko‘rsatkich, normativ 
shartlarga mos kelmagan hollarda nazorat obyektiga normativ 
shartlardan cheklanishni yo‘qotish maqsadida boshqaruv ta’siri 
amalga oshiriladi.
Nazoratning asosiy tushunchalari ГОСТ 
16.501-81 
da 
ko‘rsatilgan. 
Nazorat turlarining klassifikatsiyasi 
5.1-rasmda 
keltirilgan. Sifat muammosining murakkabligi korxonada mahsulot 
sifatini boshqarishga kompleks yondashishni talab qiladi. 5.2- 
rasmda yirik korxonalarda sifatni boshqarish xizmatlarining 
funksiyalari keltirilgan.
39


Sifatni rejalashtirish mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash 
bosqichida uning ishonchlilik tavsiflarini rejalashtirishni taqozo 
etadi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling