Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/100
Sana17.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1783058
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   100
Bog'liq
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

Muomala va sotish -  mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona 
tomonidan yuklatilgandan to iste’molchi olguniga qadar bo‘lgan 
hayot siklining bir qismidir. Muomala bosqichida tayyor mahsu­
lotning reja topshiriqlarida, normativ hujjatlarda, ortish, tashish, 
saqlash va sotishga tayyorlashda o‘rnatilgan sifati va hajmining 
maksimal darajada saqlanishi ta’minlanishi lozim.
Muomala va sotish mahsulotni ekspluatatsiya qilish -  uning 
sifatini tiklanishiga va saqlanib turishiga yordam beruvchi mahsulot 
hayot 
siklining 
bosqichidir. 
Umumiy 
holda 
mahsulotni 
ekspluatatsiya qilish uni ehtiyoj ga qarab ishlatishni, ortish, tashish 
saqlash, texnikaviy xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni o‘z ichiga 
oladi.
Bu bosqichda sifatni boshqarish asosan iste’molchi tomonidan 
amalga oshiriladi. Ekspluatatsiya qilish qoidalari ekspluatatsiya 
qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarda, instruksiyalarda va mahsulotga 
qarash 
bo‘yicha 
eslatmalarda 
keltirilgan 
bo‘ladi. 
Ushbu 
hujjatlarning sifatiga mahsulotdan qanchalik oqilona foydalanish 
bog‘liq bo‘ladi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, tovarlarni instruksiyaga amal qilgan 
holda ishlatish, ulardan foydalanish muddatini uzaytirish mumkin. 
Yaroqlilik muddatining uzayishi esa qo‘shimcha mahsulot ishlab 
chiqarilishiga teng kuchlidir. Shunday qilib, mahsulotni oqilona 
ekspluatatsiya qilish moddiy va mehnat resurslarini iqtisod qilish 
imkonini beradi.
Nazorat savollari
1. Mahsulotning hayot sikli o‘z ichiga qanday bosqichlami oladi?
2. Mahsulotni tekshirish va tayyorlash bosqichi.
3. Mahsulotlarni ishlab chiqarish bosqichi o‘z ichiga nimalarni 
oladi?
4. Direktiv ishlab chiqarish bosqichi.
5. Mahsulotlarni ishlab chiqarishdan olib tashlash bosqichi.
6
. Muomala va sotish, mahsulotni ekspluatatsiya qilish bosqichi.
38



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling