Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Audit dasturining monitoringi va tahlili
Audit dasturi bo‘yicha yozuvlar
Ichki auditni rejalashtirish, amalga oshirish va uning natijalari bo‘yicha hisobot hujjatlari (yozuvlar) ni olib borish zarur. Bu yozuvlarga: • auditlar rejalari; • auditlar b o ‘yicha hisobotlar; • nomuvofiqliklar to ‘g ‘risida hisobotlar (aktlar); • to‘g ‘rilovchi amallar to ‘g ‘risida hisobotlar; • auditorlarning ish tajribasi, ulaming o ‘qishi to ‘g ‘risidagi yozuvlar; • ulaming faoliyati va layoqatliligini baholash natijalari misol bo‘la oladi. Audit dasturining monitoringi va tahlili Ichki audit jarayonining monitoringi rejalashtirilgan tadbirlar bajarilishini nazorat qilish va audit dasturi maqsadlariga erishilish darajasini baholash maqsadida o ‘tkaziladi. Ichki audit jarayonini 70 «asboblar bilan o ‘lchab» b o ‘lmasligi sababli, monitoring o ‘tkazish va audit dasturi bajarilishi natijaviyligini baholashga imkon beruvchi jarayon indikatorlarini belgilash zarur. Indikatorlarni quyidagilarga imkon beradigan qilib belgilash zarur: • faoliyatning dastur va auditlar grafigiga muvofiqligini nazorat qilish (masalan, tegishli hujjatlarda rejalashtirilgan tadbirlar bajarilganligi, ularning bajarilgan sanasi va javobgar shaxsni imzo ko‘rsatiladigan grafalar ko‘zda tutilishi); • auditorlar guruhining audit rejasini bajarish qobiliyatini baholash (bu yerda indikator sifatida qo‘llanilishi mumkin: m a’lum audit rejasining bajarilishi/bajarilmasligi, audit bo‘yicha proseduralarga auditorlarning muvofiqligi/nomuvofiqligi, audit bo‘yicha hisobotni taqdim qilish muddatlariga rioya qilinishi/qilinmasligi va h.k.). Tashkilot audit dasturi monitoringi davomida olingan m a’lumotlarning tahlilini amalga oshirishi kerak. Bunday tahlil natijasida, audit dasturini boshqarish uchun javobgar shaxslar audit dasturini yaxshilash b o ‘yicha imkoniyatlarni aniqlashi va bu bo‘yicha tadbirlar, shu jum ladan to ‘g ‘rilovchi va oldini oluvchi amallarni joriy qilishi kerak. Aytib o ‘tish lozim-ki, bu yerda so‘z audit davomida aniqlangan nomuvofiqliklar sabablarini bartaraf qilish uchun to ‘g ‘rilovchi amallar to ‘g ‘risida emas, audit dasturiga nisbatan to ‘g ‘rilovchi amallar haqida bormoqda. Masalan, tahlil natijasida sifat tizimini ishchi holatda tutish uchun o ‘tkazilishi zarur bo‘lgan auditlar chastotasi kamligi yoki auditorlar yetarli layoqatga ega bo‘lmasligi mumkin. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling