Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin
Ma’lumotlarni yig‘ish va tekshirish
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
Ma’lumotlarni yig‘ish va tekshirish
Auditor m a’lumot olishni turli manbalaridan foydalangan holda, tekshirilganidan so‘ng audit guvohligi bo‘ladigan ma’lumotlarni yig‘adi. Audit guvohliklarining audit mezonlariga nisbatan baholash natijasida muvofiqlik, nomuvofiqlik yoki yaxshilash imkoniyatlarini ko‘rsatuvchi audit kuzatishlari paydo b o ‘ladi. Audit kuzatishlarining tahlili asosida to‘g‘rilovchi va oldini oluvchi amallar zaruriyati yoki mumkin b o ‘lgan yaxshilashlar 75 sohasini ko‘rsatuvchi audit natijalari b o ‘yicha xulosa tuziladi. Audit kuzatishlarini shakllantirish Audit kuzatishlari hujj atlashtirilishi va tekshirilayotgan faoliyat sohasi uchun javobgar b o ‘lgan xodimlar e’tiboriga yetkazilishi kerak. Agar auditor nomuvofiqlik mavjudligini aniqlasa, u bu nomuvofiqlikni ichki audit o ‘tkazish protsedurasi bilan belgilangan tarzda qayd qilishi kerak (masalan, chek-varaqda tegishli qayd qilinadi va nomuvofiqlik to ‘g ‘risida bayonnoma to ‘ldiriladi). Auditor faqat aniqlangan faktlardan kelib chiqishi va ularni talablarning m a’lum bandiga biriktirishi kerak. U olingan audit guvohliklari to ‘g ‘riligi va nomuvofiqliklar tushunarli ekanligini tasdiqlash uchun holatni tekshirilayotgan b o ‘linma vakili bilan muhokama qilishi kerak. Aniqlangan fakt haqiqatda mavjudligini bo‘linma vakili nomuvofiqlik to ‘g ‘risidagi bayonnomani imzolash orqali tasdiqlaydi. Har bir tashkilot o ‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda nomuvofiqlik to ‘g ‘risidagi bayonnoma shaklini ishlab chiqadi. Nomuvofiqlik to ‘g ‘risida yozuvlar quyidagilarni ta ’minlash uchun qisqa, lekin tushunarli bo‘lishi kerak: • samarali to ‘g ‘rilovchi amallarni ishlab chiqilishi; • nomuvofiqlik bartaraf qilinganligini tekshirayotgan auditor uchun to ‘liq aniqlik b o ‘lishi (bu nomuvofiqlikni aniqlagan auditor bo‘lmasligi mumkin). Auditor nuqtayi nazaridan faoliyatning noto‘g ‘ri amaliyoti to ‘g ‘risida guvohlik beruvchi va rahbariyatga xabar qilish kerak bo‘lgan, lekin qo‘llanilayotgan protseduralarda talab belgilanmagan holat aniqlangan holda, u chek-varaqda qayd qilishi va bayonnomadagi «Nomuvofiqlik» so‘zining o ‘rniga «E’tiroz» yozishi va e’tirozini rasmiylashtirishi mumkin. E ’tiroz quyidagi hollarda rasmiylashtirilishi mumkin: • auditor aniqlangan holat keyinchalik nomuvofiqlikni keltirib chiqaradi, deb hisoblasa; • auditor tekshirilayotgan faoliyat yaxshilanishi kerak yoki bunday imkoniyatga ega, deb hisoblasa. "E’tirozlar" uchun to ‘g ‘rilovchi amallarni ishlab chiqish zarur emas. E ’tirozlarni jarayonlar rahbarlari oldini oluvchi amallarni 76 ishlab chiqish va sifat tizimi rivojlanishini rejalashtirish maqsadida tahlil qilishlari kerak. Audit mobaynida nafaqat nomuvofiqlik, e’tirozlami, balki muvofiqlik guvohliklarini (masalan, chek-varaqda qayd qilgan holda) ro ‘yxatga olish maqsadga muvofiq. Bu m a’lumotlar, tashkilotda ijobiy tajribani tarqatish uchun foydali bo‘lishi mumkin. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling