Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. To‘g‘rilovchi amallar
8. Yaxshilash. Doimiy yaxshilash
Tashkilot sifat menejmenti tizimining samaradorligini, sifat sohasidagi siyosati va maqsadlarni, auditlar ma’lumotlarni tahlil qilish, to‘g‘rilovchi va oldini oluvchi harakatlarni hamda rahbariyat tomonidan tahlil qilish natijalarini qo‘llash yo‘li bilan sifat menejmenti tizimining samaradorligini doimo oshirishi kerak. Tashkilot yaxshilash uchun imkoniyatlarni qidirish bo‘yicha doimiy faoliyatni amalga oshirishi kerak. Potensial yaxshilashlarning diapazoni uzluksiz faoliyatdan yaxshilashni uzoq muddatli loyihalarigacha bo‘lishi mumkin. Yaxshilash bo‘yicha amallami rejalashtirishda jarayonlarning rejalashtirilgan natijalarga erishilishi qismi bo‘yicha monitoringi, o‘lchashlari va tahlili natijalarini jarayonlarning natijaliligi va samaradorligini oshirish uchun qo‘llash zarur. Siyosatning o‘zgarishi, auditlar natijalari, oldini oluvchi va to‘g‘rilovchi amallarni va tashkilot sifat bo‘limida jamlanadigan ma’lumotlar tahlilini hisobga olgan holda tashkilot SMT doimo takomillashishi kerak. 9. To‘g‘rilovchi amallar Tashkilot nomuvofiqliklarning qaytarilishini oldini olish uchun ularning sabablarini bartaraf qilishga yo‘naltirilgan amallarni qo‘llashi darkor. To‘g ‘rilovchi amallar paydo bo‘layotgan nomuvofiqliklarning ta’sir qilish darajasiga muvofiq kelishi lozim. Quyidagilarga qo‘yiladigan talablari bo‘lgan hujjatlashtirilgan protsedura belgilangan bo‘lishi kerak: a) nomuvofiqliklarni tahlil qilish (iste’molchilarning shikoyatlari kiritilgan holda); b) nomuvofiqliklarning sabablarini aniqlash; v) nomuvofiqliklar qaytarilishini oldini olish bo‘yicha amallarning zarurligini baholash; g) zarur bo‘lgan to‘g‘rilovchi amallarni aniqlash va bajarish; 133 d) ko‘rilgan amallar natijalari bo‘yicha yozuvlarni olib borish; e) o‘tkazilgan to‘g ‘rilovchi amallar samaradorligining tahlili. To‘g‘rilovchi amallar marketingdan boshlab tayyor mahsulotni sotishgacha bo‘lgan, mahsulotni ishlab chiqish, nazorat qilish va ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida ishlab chiqilishi mumkin. To‘g‘rilovchi amallar aniqlangan nomuvofiqliklarning sabablarini bartaraf qilish maqsadida ishlab chiqiladi va joriy qilinadi. To‘g‘rilovchi amallar amaldagi nomuvofiqliklarning sabablarini, tashkilotning rivojlanishidagi istiqbolli muammolarini hal qilishga va ishlab chiqarilayotgan mahsulot (xizmat) sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan. Bu masalalar tashkilotning rivojlanish rejasida, sifat dasturida, biznes - reja, boshqa hujjatlarda ko‘rsatilishi mumkin. To‘g‘rilovchi amalni ishlab chiqish uchun asos bo‘lib amaldagi nomuvofiqlik, ya’ni o‘rnatilgan talablaming bajarilmasligi yoki jarayonlarning belgilangan maqsadlarga erishilmaganligi hisoblanadi. Tashkilot to‘g‘rilovchi amallarni rejalashtirish va joriy qilish tartibini ishlab chiqishi kerak. Rejalashtirish sifatga ta’sir ko‘rsatuvchi muammolaming muhimligini baholashni o‘z ichiga olishi kerak [17]. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling