Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
86 Mutal-maynavoz birdan potirlab: «E, yo‘q, to‘xtasinlar! Ellik uch ming bir yuz ikkidan keyin birdaniga sakkiz devordilar, bunaqasi ketmaydi», deb jirillabdi. – Rostdanam adashdimmikan? – debdi Meshpolvon.– «Ikki»ni «etti»ga almashtirib qo‘ydimmikan? Ha, mayli, ketsa mendan ketsin... Kun qiblaga o‘tgandan keyin sanoq yuz mingga yetgach, «qopni egasiga ko‘tartiringlar», deb buyuribdi u. Oshiqbola bilan Chumakvoy zil-zambil qopni yerdan uzayotgan kabi chiranib harakat qilishibdi, boyning kuragiga bittadan gupillatib musht urishib, yukni ortgan bo‘lishibdi. Kunduzi odamlarning ko‘ziga ko‘rinmaydigan Hojixonajina lip etib uning yelkasiga minibdi. – Og‘ir emasmi? – deb so‘rabdi Meshpolvon. – Yo‘q-yo‘q, sirayam og‘irmas, – deya pishillab javob qaytaribdi Mutal-maynavoz, so‘ngra burni yer haydagudek bo‘lib, kuchanib qadam tashlaganicha ulardan uzoqlasha boshlabdi. Odamlar uni xoxolab-xoxolab kuzatib qolishibdi. Hojixonajina kechqurun sheriklarining oldiga qaytib kelib: «Mutal-maynavozniyam tap-tayyor qildik», debdi. Mutal-maynavozga butun og‘irligini solib olgan Hojixonajina sahrogacha yallo qilib borgach, bir sakrab uning bo‘ynidan tushibdi-yu, odatiga ko‘ra quyunga aylanibdi. Boy bo‘lsa: «O, tillojonlarim! Qayoqqa qochyapsizlar, akang aylangurlar?» – deb baqirganicha uni quvishga tushibdi... Ha, Mutal-maynavoz boylik, aysh-u ishrat, dabdabani deb hamma aziz narsasini qurbon qildi: Sepkilshohga qarshi chiqqan ikki ukasini tutib berib, ularning mol-mulkini o‘zinikiga qo‘shib oldi, kelin-u jiyanlarining nafrat va qarg‘ishiga uchradi; qaynatasi isyonchilar tarafida bo‘lgani uchun xotinini bolalari bilan birga haydadi; do‘stlarini, yurtdoshlarini birma-bir sotdi, olamda boyligidan bo‘lak qadrdoni qolmadi. Endi esa uning bir qop ko‘rinmas oltini – dunyodagi yagona ilinji quyunga aylanib, sahroda qochib bormoqda. Mutal-maynavoz hali uzoq yashaydi, sochlari qordek oqarib, yuzlari iztirobdan ko‘karib ketadi, rahmdil odamlar tutgan oziqni jimgina kavshab, dunyoni kezaveradi. Ko‘zlari alang-jalang boqib, kunduzi ham chiroq yoqib, bir qop oltinini axtaradi, quyun ko‘rindi deguncha: «O, tillojonlarim! To‘xtanglar!» – deya uni quvalashga kirishadi. Butun umri quyunni izlash, quyunlarni sizlash bilan o‘tadi... Meshpolvonning biri-biridan quvnoq do‘stlari chaqchaqlashganicha yo‘lda davom etishibdi, hatto dasht-u cho‘llarniyam kuldirib o‘tishibdi, oxiri Mingpodaga yetishibdi. Chorrahadagi gadoy olovrang bulutlarga tikilganicha haliyam o‘sha joyida o‘tirganmish. Faqat endi avvalgiday g‘alati-g‘alati gaplarini gapirmas, gapiray desa tili, ovqat yeyay desa jig‘ildoni yo‘q emish. Burnini ham kimdir kesib olganmish. Bularning evaziga tashlab ketilgan bir uyum ko‘z, quloq, miya, yurak kabilar uning oldida qalanib yotgan emish... Birov qitiqlayotgandek tuyulib, Meshpolvon uyg‘onib ketdi. Qarasa, egizak ilonlar uning do‘ngalak qorniga chiqib olishib, chalao‘lik bir chigirtkani talashganicha jiqqamusht bo‘lishyapti. Meshpolvon: «Bu qanaqasi, ilon afandilar? Jig‘ildonning gapiga kirib, aka-ukachilikniyam yig‘ishtirib qo‘yibsizlar-da», deb boshlariga bittadan shapillatib urgach, chigirtkani ikkalasiga teng taqsimlab berdi. «Jumboqni qarang, – deb o‘yladi u. – Bulardan qaysi biri Chika-yu, qaysi biri Puka? Umuman, ilonlar bolasini qanday tanib olarkin?» Download 411.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling