Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

 
* * * 
Birozdan keyin yuzlab dasturxonlar yozilib, guruh-guruh dasturxonchilar ichkuyovdek tovushsiz 
odimlab, noz-ne’mat tarqata boshlashdi. Meshpolvon oldiga nimaiki qo‘yilsa, ho‘l-quruq demay, 
peshma-pesh uraverdi. Bitta dasturxonchi uning yonidan jilolmay, bo‘shagan idishni olish, yangisini 
uzatish bilan ovora bo‘lib qoldi. Chumakvoy bilan Rayhon qiziqning labi chimirilib, nima deyishni 
bilmay turishaverdi. 
Dadasi «eh-xi» deb yo‘talib qo‘ygandan keyingina Meshpolvon o‘ziga kelib, go‘yo shu 
mahalgacha odob bilan qo‘l qovushtirib o‘tirgan odamdek: «Kattaroqlaring boshlab bersanglar 
bo‘larmidi», deya atrofdagilarga sipolanib boqdi va ularni dadil harakat qilishga undab, bir so‘z dedi: 
So‘lakda til sug‘orib, 
Mo‘ylovlarni himarib, 
Qo‘l cho‘zing yeng shimarib, 
To‘yda bari tekindir. 
Osh yeyishni odatda 
Boshlar biron-bir katta, 
Qolganiga biz shatta
To‘yda bari tekindir. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
89
Esnar odamzod uyda, 
Gaplashar ko‘cha-ko‘yda, 
Ovqat yeb qoling to‘yda, 
To‘yda bari tekindir. 
Bildirishar bilmasang, 
Yetaklashar kelmasang, 
Yedirishar yemasang, 
To‘yda bari tekindir. 
Chalib karnay-bolabon
Kelar saf-saf olomon, 
Nima qo‘ysang, talamon, 
To‘yda bari tekindir. 
Jangda kerak manjaqa
20

Ishda – o‘roq, panshaxa, 
Bunda – faqat ishtaha
To‘yda bari tekindir. 
Tun so‘ramas oy puli, 
Go‘r so‘ramas joy puli, 
To‘ychi olmas choy puli, 
To‘yda bari tekindir. 
Hammomda bor jom haqi, 
Ijarada – tom haqi
Yo‘qdir pishiq-xom haqi – 
To‘yda bari tekindir. 
Bozorda o‘z holing bor, 
Yo puling, yo moling bor, 
Bunda «ber» yo‘q, «oling» bor, 
To‘yda bari tekindir. 
Ovqat tursa muntazir, 
Yemaganlar – betasir, 
Bo‘lsangiz-chi sal abjir
To‘yda bari tekindir. 
Odamlar «oling-oling» bilan dasturxonga birin-sirin qo‘l urishdi. Ochlar xap-xaplab, o‘rtachalar 
shap-shaplab, to‘qlar orada gap-gaplab ovqatlanaverdi. Semizlar choyga, oriqlar moyga ko‘proq qo‘l 
cho‘zib, novchalar enkayib, pakanalar kekkayib kavshanardi. 
Meshpolvon dadasiga tez-tez ko‘z qirini tashlab, noilojlikdan boshini qashlab, boshvoqsiz 
Chumakvoyga havasda boqib, istihola bilan pista chaqib, shoshilmasdan chaynab o‘tirdi. To‘g‘ri, bir 
20
Қалъа дарвозасини бузувчи «манжаниқ»нинг шевада айтилиши. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling