Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
90 marta dadasining ko‘zini shamg‘alat qilib, kosadagi nisholdani apil-tapil simirib oldi. Qarshi tomonda o‘tirganlarning ko‘pchiligi Meshpolvonning Qahratoniyaga qul qilib keltirilgan hamqishloqlari edi. Dadasining yoniga cho‘kka tushib olgan bodroqchi kishini u bir qarashdayoq tanidi. O‘sha bodroqchi suhbat o‘rtasida Meshpolvonning oldidagi o‘qlovga pisanda qilib, sekin gap o‘rmalatdi: – Menga qaragin, Meshpolvon, urishgani nayza yaxshimi, o‘qlovmi? – Qaysi qurol egasiga o‘ng‘ay bo‘lsa, o‘sha yaxshi. – Buyam to‘g‘ri. Ammo-lekin, nayzani yuz qadamga otsa bo‘ladi deyishadi. O‘qlov uzoqqa bormas-ov. Jangovar quroliga nisbatan bunday hurmatsizlik Meshpolvonning jig‘iga tegdi. – Yuz qadamni gapirasiz-a, – deb kuyunchaklandi u. – Men ikki yuz qadamdan nosqovoqni urganman. Nayza boshqa narsa, o‘qlov boshqa narsa. Ana endi Meshpolvondan o‘qlovning madhini eshiting: O‘ynaymanki dangal garov, Enasidan yesa o‘qlov, Gapirvorar hatto soqov, Nayza o‘qlov bo‘lolmaydi. Chertilgandek toshpalahmon, Biqiningga tekkan zamon, Tomog‘ingda o‘ynaydi jon, Nayza o‘qlov bo‘lolmaydi. Belga o‘qlov tushsa, demak – Bosib issiq g‘isht yo kepak, Qoqrim 21 ichib yotish kerak, Nayza o‘qlov bo‘lolmaydi. Boldiringga tegsa nogoh, Toldan yasab qo‘ltiqtayoq, Hakkalaysan urgancha «oh», Nayza o‘qlov bo‘lolmaydi. O‘qlov zarbin har yondan kut, Boshni burkab, ketingni tut, Yo‘qsa ko‘zdan chiqargay o‘t, Nayza o‘qlov bo‘lolmaydi. Qochsang o‘xshab pirpirakka, Otsa orqangdan kurakka, Aylanasan g‘ildirakka, Nayza o‘qlov bo‘lolmaydi. Meshpolvon so‘z aytib turar, 21 Қоқрим – қалампир ва хомпиёз аралаштирилган айрон. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling