Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet86/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
93
aylantirib, «yor-yor»ni avjga chiqarishdi. To‘yda kuyovning tug‘ishganlari yo‘qligi bois kelinsalom 
aytishga ularning tili bormayotgan edi. Buni payqagan Meshpolvon o‘zini tiyib turolmadi. 
Dasturxondagi bo‘sh barkashni olib, uni «dangir-dung, dangir-dung» chalganicha oqsab-to‘qsab 
o‘rtaga chiqdi-da, ovozining jilovini bo‘shatib kuylay ketdi: 
Nos chekishga berilgan, 
Kampiriga kerilgan, 
Salom-salom, kelin salom
Qaynatasiga bir salom. 
Sirini to‘yda ochayin, 
Qozon-tovoqqa xo‘jayin, 
Salom-salom, yana salom
Qaynanasiga bir salom. 
Atrofdagilar ham qondoshlarning yo‘qligini bildirmay, biri «e, qullug‘-e», boshqasi «boy bo‘lsin 
kelin», deb turishdi. Bolalar esa har bir kelinsalomdan keyin Chumakvoy rahbarligida «ha-heyy», deya 
qiyqiriq ko‘tarishardi... 
Qimmat ro‘mol o‘ragan, 
Saqichni qarzga so‘ragan, 
Salom-salom, kelin salom, 
Qayinsingillarga salom. 
Ikkala ko‘zi go‘laygan, 
Chumchuqqa pichoq do‘laygan, 
Salom-salom, yana salom, 
Qaynog‘asiga bir salom. 
– Mayli, hozircha o‘zim qaynog‘a bo‘pturay, – deya iljayib qichqirdi Rayhon qiziq. – Pochcham 
pichoqni cho‘zib qo‘ysin
22

O‘smani chaplab surishgan
Tilini qayrab turishgan, 
Salom-salom, kelin salom, 
Ovsinlariga bir salom. 
Kuyovga qo‘shilib dovdirar, 
Qizlarga ko‘zi jovdirar, 
Salom-salom, yana salom, 
Kuyovnavkarlarga salom. 
Joyni tepadan talashgan
Oshtovoqni yalashgan, 
Salom-salom, kelin salom, 
Mehmonlarga bir salom. 
22
Одатга кўра куёв қайноғаларига пичоқ совға қилади. Айтишларича, қайноға мабодо куёвга эскидан қасддор бўлса, уни 
ўзи берган пичоқда ўлдиролмас эмиш. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling