Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
84 Mozordagi so‘qmoq uchun, Zulmatdagi chaqmoq uchun, Yolg‘onlarni yoqmoq uchun Kichik joning kerakmidi? Loyqalangan daryo uchun, Tuzga to‘lgan sahro uchun, Tahqirlangan dunyo uchun Kichik joning kerakmidi? Onaning oq sochi uchun, Otaning xor kuchi uchun, Go‘daklarning o‘chi uchun Kichik joning kerakmidi? Yaxshilarga shafqat uchun, Yomonlarga nafrat uchun, Avlodlarga ibrat uchun Kichik joning kerakmidi? Hamma dong qotib turgan bu soniyada Meshpolvon labini sezilar-sezilmas qimirlatib qo‘yib, xiyol ko‘zini ochdi. – O‘g‘lim! Bolajonim! Tirikmisan? – deb nido qildi dadasi. Meshpolvon javob berishdan oldin bor kuchini to‘plab, osmonga tupurdi. Tuprigi betiga qaytib tushgach, tirikligiga ishonchi hosil bo‘lib, bemajol shivirladi: – Dada... dadajonim... – Ko‘zingni kattaroq och, o‘g‘lim! – Qo‘rqmang... o‘lmayman... Shunday dedi-yu, yana kipriklari yumildi. Dadasi: «O‘lmaysan, o‘g‘ilginam, o‘lmaysan. Sendaqalar ming yildayam o‘lmaydi», deya uni qattiqroq bag‘riga bosdi, sovuq peshanasidan o‘pdi, ko‘zlaridan duvillab yosh quyila boshladi. Atrofdagi odamlar hanuz jim edi. Qaerdandir yetib kelgan mitti quyun esa, bir-birining pinjiga kirganicha miq etmay turgan ota-bola tegrasida tinimsiz aylanib, ona qushdek bezovta charx uraverdi. * * * Qahratoniya yovuz hukmdor zulmidan xalos etilgach, Sepkilshoh tarafdorlari uchun motam, ozodlikka chiqqan qullar uchun bir haftalik bayram boshlandi. Odamlar o‘sha davr taomiliga ko‘ra: «Zoti toj-taxtni ko‘rgan yigitsan, endi bizga bosh bo‘l, Go‘ro‘g‘li boboga o‘zimiz elchi yuborib, seni tilab olamiz», deyishib, Oshiqbolani shu o‘lkaga poshsho qilib saylashdi. Rayhon qiziq unga vazir, Qizqo‘rg‘ondagi jangda mardlik ko‘rsatgan soqchilar sardori lashkarboshi, Chumakvoy xazinabon bo‘ldi. Ota-onasi va tabib qiz qaroviga topshirilib, qasrdagi xonalardan birida davolanib yotgan Meshpolvon bu yurtda qolishga ko‘nmadi. Atrofini o‘rab o‘tirgan vafodor sheriklariga bir-bir tikilib chiqib: «Yo‘q, men Oltiariqsiz turolmayman, Oltiariq ham mensiz huvillab qoladi», dedi inqillab. So‘ng tokchadagi egizak ilonlarga ovqat tutayotgan xo‘ppa semiz tabib qiz tomonga qiyalab qo‘ygach, dadasiga boqib behol so‘z qotdi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling