Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
80 Yangratib to‘rt tomonlarni, Kuylaydi hur zamonlarni, Yomon ko‘rar yomonlarni Meshpolvonning askarlari. Bayroqlari chidam bo‘lsin, Xalqqa doim hamdam bo‘lsin, Baxtimizga bardam bo‘lsin Meshpolvonning askarlari. Lashkarboshi Sepkilshohning kechagi ishonchini oqlash, lahimdagi bugungi sharmandalikning dog‘ini yuvishni diliga tugib qo‘ygan edi. Lashkari aridek to‘zib, Qizqo‘rg‘ondagilarni behad shoshtirayotganida, o‘zini tutib turolmadi – Sepkilshoh durbindan kuzatayotgan joyni mo‘ljallab, tapira-tupir ot yeldirganicha janggohga kirib bordi. Har qachongidek og‘iz ko‘pirtirib: «Ko‘zingni och, oshqovoqlar, bu yerda men turibman», deya vag‘ir-vug‘urni avj oldirgan ediki, Hojixonajina bu safar ham uni egardan uzib, osmoni falakka sudrab ketdi. Qo‘rg‘on atrofida uchinchi marta aylantirib chiqayotganda, qora papoqlilardan biri: «Osmonga qaranglar, osmonga!» – deb baqirdi. – Ie, lashkarboshimiz tag‘in uchibdi-da? – Obbo, noinsof-ey! Bizni o‘limga tashlab, o‘zi varrakda o‘ynab yuribdi. – Bular poshshoga erkatoy. Kun tug‘sayam, shularga tug‘adi. – Shunaqa varraklarni bizga berishsa, qo‘rg‘onni osongina olardik. Hammaning ko‘zi osmonga qadalgan pallada Hojixonajina lashkarboshining qizil shalvarini pufakdek shishirganicha Qizqo‘rg‘ondan uzoqlashtirib olib qocha boshladi. Askarlar beixtiyor uning ketidan ergashib, yoppasiga chekinishga tushishdi. – Qayt, molfahmlar! Buyoqda pishirib qo‘yibdimi? – deya Sepkilshoh otda kelib ularning yo‘lini to‘sdi. Qora papoqli askarlar: «Bizda nima ayb? Tartibga ko‘ra, lashkarboshining orqasidan ketyapmiz», deb javob qilishdi. – Lashkarboshingiz haddan oshyapti, hazratim, – deya Sepkilshohga dimog‘ida shipshitdi nozirlardan biri. – Qurtga to‘ygan qizilishtondek tepangizda bezrayib aylanishini qarang, – dedi ikkinchisi. Vazirning gapi yanada keskinroq chiqdi: – Yuzingizga oyoq qo‘yib ikkinchi marta uchgan ekan, endi bu qasamxo‘r tirigicha yerga tushmaydi. Sepkilshohning g‘azabdan peshanasida qoshi aylanib, ko‘zlari g‘ilaylanib, labi taqa, lunji baqa bo‘lganicha, havoga laylaklanib qo‘l cho‘zdi: – Amr-u farmon qilamiz! G‘urrakpadar lashkarboshi mazkur soniyadan iborat xomaki nishon hisoblansin. Uni urib, oyog‘imiz tagiga tushirganga yangi qumg‘on bergaymiz. Shu topdayoq yuzlab kamon osmonga qaratilib, qora papoqli askarlar o‘z lashkarboshisini bir zumda tipratikonga aylantirishdi. Narvonchi-yu kamonchilar sal o‘zlariga kelib olgunlaricha, Sepkilshoh palahmonlarni ishga soldi. – Tashvishlanmanglar, chiyabo‘rilarim, – deb askarlarining yuragiga o‘t tashlashga urindi u. – Hozir qo‘rg‘on devorini buzib beraman. Ichkariga sayildagidek bemalol kirib borasizlar. – Sepkilshoh hazratlariga qulluq qilinglar, – deya askarlarga yuzlandi birinchi nozir. – Sizlarga yengil bo‘lsin deb, qimmatbaho palahmonlarni qurdirib qo‘ydilar. – Poshshomizda tillolar ko‘p, – dedi ikkinchi nozir. – Mardonavor o‘lganlarni jannatga kiritvorishgayam bemalol kuchlari yetadi. Vazir ham o‘z navbatida: «Omadingizni sinab ko‘ring! Ishi yurishganlar bugunoq jannatga jo‘nashi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling